“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:04
ЎЗO‘Z

Faqatgina ayollarga xos bo‘lgan 5 superqobiliyat

21 iyul, 11:45 15 185 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Faqatgina ayollarga xos bo‘lgan 5 superqobiliyat Ayol tanasining o‘ziga xos bo‘lgan sirlari mavjud. Bugungi kunda dunyo olimlari ayollar intuisiyasining ishlash jarayonini, nima uchun ertalab ayollarda bosh og‘rig‘i kuzatilishini, nima uchun ularning ko‘ziga dunyo erkaklarnikiga nisbatan yorqinroq ko‘rinishini o‘rganishga kirishdilar. Bu haqda “Interesno.cc” nashriga asoslanib “Darakchi” ma’lumot berdi.

Don Juan erkaklarni bir qarashda sezadi
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ular yengiltabiat erkakni bir nigoh tashlash orqali sezishadi. Avstraliya milliy universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlarda 34 nafar ayol ishtirok etgan. Ularning oldiga erkaklarning 20 ta fotosurati qo‘yilib, xiyonatkor erkakni aniqlash talabi qo‘yilgan. Ayollarning 62 foizi xiyonatkorlarni to‘g‘ri topgan.

Ranglarni boshqacha ko‘radi
Aksariyat ayollar eri bilan bozorda o‘ziga ko‘ylak tanlayotganda, turmush o‘rtog‘i tanlagan ko‘ylakdan jig‘ibiyron bo‘lishadi. Bu erkaklarga qanday ko‘ylak sotib olishingizning ahamiyati yo‘q degani emas, ular ayollardan farqli ravishda rangni boshqacha ko‘rishadi. Nyu-York universiteti olimlarining o‘tkazgan tadqiqotlari bo‘yicha erkak va ayol birday sotib olgan apelsin rangi so‘ralganda, erkak uning rangini qizg‘ish degan bo‘lsa, ayol esa sarg‘ish deb javob bergan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu narsa ko‘z qurilishiga bog‘liq emas, balki miyaga bog‘liq ekan.

Qutqaruvchi og‘riqlar
Olimlar ayollarning homiladorlik paytida ro‘y beradigan toksikozni ilmiy tomondan izohlashdi. Homilador ayollarda ertalab ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i ona qornidagi homilani go‘shtda, baliqda va tovuq go‘shtida bo‘ladigan turli zararli toksinlardan himoya qilish mexanizmi ekan. Bu ayniqsa, homila hali yaxshi rivojlanmagan, ilk oylarda kuchli bo‘ladi. Toksikoz kuchli bo‘lgan homilador ayollarda boshqalarga qaraganda homila tushish xavfi kam bo‘ladi.

Kuchli immunitet
Ayollarda immunitet yaxshi rivojlangani uchun ularni zaifa deb atab bo‘lmaydi. Kuchli immunitet keksayish jarayonini ham sekinlashtiradi,shuning uchun ham ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq umr ko‘radi.

Xavfni his qilish
Ayollar xavfni erkaklardan ilgari sezadi, buning bosh sababi ular nafaqat o‘zi, balki tug‘ilajak farzandi uchun ham javob beradi. Yaponiyalik olimlar bir guruh turli yoshdagi erkak va ayolga ilon zo‘rg‘a ko‘zga tashlanadigan, har xil fotosuratlarni tarqatishdi. Suratdagi ilonni aksariyat ayollar payqagan, erkaklar esa bunga e’tibor bermagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 123
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar