“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:40
ЎЗO‘Z

Munajjim: Hazil-mutoyibaga qalaysiz?

19 iyul, 22:44 11 458 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Munajjim: Hazil-mutoyibaga qalaysiz? Siz o‘zingizni hazil-mutoyibaga munosabatingiz qandayligini bilasizmi? Bunga munajjimlar qanday javob beradi? Keling yaxshisi quyidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘zimiz bilib olamiz.

QO‘Y
Bu burj vakillari “kosa tagida nim kosa” kabi nozik hazil, piching gaplar qilishni u qadar eplay olishmaydi. Bunday o‘yinlar ular uchun shunchaki qiziq emas. Qo‘ylar ko‘pincha boshqalar uchun qiziq bo‘lmagan narsadan kulgi topishlari mumkin.

BUZOQ
Buzoqlar ko‘pincha jiddiy qiyofada yurishadi, biroq bu ularning hazilga tobi yo‘q, degani emas. Ular hazil va kulgiga o‘ta o‘ch odamlardir. Shunchaki ular me’yorni va qayerda hazil qilish mumkinligining o‘rnini bilib qo‘llaydilar.

EGIZAKLAR
Egizaklar hazil bilan yolg‘onni shunchalar qalashtirib tashlaydilarki, oxir-oqibat, ular orasidan o‘zlari ham haqiqatni topa olmay qoladilar. Ular bir mutoyibani boshladimi, to‘xtatish amri mahol. Egizaklar uchun jiddiylik begona.

QISQIChBAQA
Qisqichbaqalar hazil-mutoyibani doim joyida qo‘llaydilar. Do‘stlar davrasimi, hamkasblar yig‘ilishimi, ularning latifalarisiz o‘tmaydi. Qisqichbaqalar bo‘lar-bo‘lmasga ko‘p gapiravermaydilar, ularning mutoyibalari tesha tegmaganlaridan bo‘ladi.

ARSLON
Arslonlar ko‘pincha so‘zga chechan bo‘ladilar. Ular “gap egasini topadi” degandek, suhbatdoshni xafa qilmay, ustidan kulib ketishlari ham mumkin. Ular bilan hazillashish xavfli. Arslonlar sizning gapingizni o‘zingizga qarshi qo‘llab, ustingizdan kulib ketishlari mumkin.

PARIZOD
Parizodlar hazilni ko‘tara olmaydigan pessimist shaxslardir. Ular kamdan-kam hollarda hazil qiladilar, ammo nishonga aniq uradilar. Parizodlarni kuldirish ham oson emas.

TAROZU
Bu burj vakillari o‘zlariga doim a’lo baho beradilar. Ular aytgan latifalari orqali o‘zlarini qanchalar aqlli va dono ekanliklarini ham namoyon etishni istashadi. Shuning uchun ham, ko‘pchilik darrov anglay olmaydigan latifalarni tanlashadi.

ChAYoN
Chayonlar har qanday vaziyatda kulgiga sabab topa oladigan aql egalaridir. Ular tanqidlarini ham “qog‘ozga o‘rab”, hazil bilan etkazadilar. Shuning uchun gohida ular jiddiy gapiryaptimi yoki hazillashyaptimi, farqlash qiyin bo‘lib qoladi.

O‘QOTAR
O‘qotarlar bir gapirib, o‘n kuladigan odamlar sirasidan. Aytgan latifalari boshqalarga qiziq tuyulmasa-da, o‘zlari xumordan chiqib kulib-kulib oladilar. Agar boshlig‘ingiz O‘qotar bo‘lsa, uning oddiy latifalariga ham qahqaha bilan javob berishga majbursiz, aks holda…

TOG‘ EChKISI
Tog‘ echkisi deyarli hazil qilmaydi. Shunday ekan, uning har qanday gapiga jiddiy munosabat bildiravering. Gohida uning latifalarida ham kimgadir saboq berish maqsadi yotadi.

QOVG‘A
Qovg‘alar mutoyibaga o‘ch shaxslardir. Ular doim optimistik kayfiyatda yuradilar. Suhbat davomida ularga latifalarning o‘zi quyulib kelaveradi. Ularni to‘xtatishga urinish befoyda.

BALIQLAR
Baliq burji vakillari orasida hazilkashlar kamdan-kam uchraydi. Ular suhbatdoshini kuldirishni eplay olmaydi. Lekin boshqalarning mutoyibalarini jon qulog‘i bilan tinglaydilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 196
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 124
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 134
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar