“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:42
ЎЗO‘Z

Farzandingizning bo‘yi pastmi? Bo‘y o‘stirish sirlari bilan tanishing!

16 iyul, 23:27 170 479 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farzandingizning bo‘yi pastmi? Bo‘y o‘stirish sirlari bilan tanishing! Avvalo sababini aniqlang!

Ma’lumki, insonning bo‘yi taxminan 20 yoshlargacha o‘sadi. Ya’ni, odatda ayollar 18, erkaklar esa 22 yoshga kelib, butkul o‘sishdan to‘xtashadi, insonning skeleti, suyak to‘qimalari to‘liq shakllanib bo‘ladi. Bugungi kunda erkaklar uchun 176 sm., ayollar uchun esa 164 sm. bo‘y o‘rtacha hisoblanadi.

Bolakay umrining ilk pallalarida juda tez, ya’ni, yiliga 25 sm.dan o‘sishi mumkin. Keyin 4-7 yoshlarda, undan so‘ng jinsiy balog‘atga etish pallasida, ayniqsa 11-13 yoshlarda ham bolaning tez sur’atlarda o‘sishi kuzatiladi. Balog‘at yoshiga etgach, uning bo‘yi ham o‘sishdan to‘xtaydi, lekin tanadagi ba’zi bir nuqsonlar, egilib yurish, skaliozni davolash oqibatida ham bo‘yni bir necha santimetrga cho‘zish mumkin.

Yosh o‘tishi bilan esa inson bo‘yi pasayib boradi, 80 yoshga etgan kishining bo‘yi navqironlik davridagiga nisbatan taxminan 5 sm.ga kamayishi mumkin. Lekin ba’zilar mudom bo‘yi pastligidan norozi bo‘lib, uni turli yo‘llar bilan o‘stirishga harakat qilishadi.

Bo‘y past bo‘lishining bir necha sabablari bor, shu sababli bunday kishilar, avvalo, o‘zida bulardan qaysi biri mavjud ekanligini aniqlab olishlari lozim. Deylik, oilada hamma past bo‘yli bo‘lib turganida, bolaning bo‘yi baland bo‘lib ketishiga ishonish qiyin. Shuningdek, zararli odatlar, masalan, ichkilik ichish, tamaki chekish ham bunga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bolaning jismoniy o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, har bir organizm o‘ziga xos tarzda rivojlanishini ham inobatga olish darkor, kimdir asta-sekinlik bilan o‘sa boshlaydi, kimdir esa kam-kamdan, deyarli butun umri davomida o‘sadi. Bulardan tashqari, ba’zi bir kasalliklar (endokrin tizimi yoki tayanch-harakat apparati xastaliklari, yuqumli va surunkali kasalliklar), turli jarohatlar, nogironlik ham shunday oqibatlarga olib keladi.

Inson bo‘yining o‘sishiga gipofiz tomonidan ishlab chiqariladigan gormon javob beradi. U inson a’zo va to‘qimalarida oqsil hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo‘lsa, u shunchaki o‘sishdan to‘xtaydi. Agar sizda aynan mana shunday muammolar bo‘lsa, unda albatta shifokor ko‘rigidan o‘tib, kerakli muolajalarni olganingiz ma’qul.

Xo‘sh, bo‘y o‘sishi uchun nima qilish kerak?

1. Birinchi navbatda sog‘lom turmush tarzi kechirib, sport bilan muntazam shug‘ullanish darkor. Masalan, basketbol, suzish va voleybol bo‘y o‘sishiga yordam beradi. Shuningdek, turnikda tortilish ham foydalidir. Yana, quyidagi mashqlarni bajarish mumkin:

* Yuqoriga sakrash. Iloji boricha balandroq sakrashga harakat qiling.

* Xuddi yuqoridagi biron nimani olmoqchi bo‘lgandek, oyoq uchida yuqoriga cho‘ziling.

* Yuztuban yoting. Qo‘llarni orqada tutashtirib, keyin esa faqat elka va boshnigina orqaga ko‘taring.

* Chalqancha yotib oling, oyoqlar to‘g‘ri tursin, qo‘llar esa ikki tomonga keng ochiladi. Oyoqlarni galma-galdan 90 gradusgacha ko‘taring.

* Yuztuban yotgancha, oyoqlarni iloji boricha yuqoriga ko‘taring. Bu mashqlarni birgalikda bir necha bor bajaring.

2. Haftasiga bir necha bor cho‘milish havzasiga boring. Kontrast dush qabul qiling, hammom va saunaning ham foydasi katta. Shu bilan birga, uqalash muolajalari ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

3. Sog‘lom ovqatlanish ham sog‘liq garovidir. Kun tartibiga rioya qiling. Taomlarni ma’lum bir vaqtda eb, organizm o‘ziga kerakli barcha vitamin va minerallarni, kaloriyani olishiga ahamiyat bering. O‘ta yog‘li, achchiq, haddan ziyod sho‘r va aksincha shirin eguliklardan tiyiling. Taomnomangizda oqsilga boy mahsulotlar (tuxum, turli yong‘oqlar, tvorog) ko‘p bo‘lishiga e’tibor bering. Glyukozani esa taomnomangizdan butkul olib tashlang. Shirinliklar o‘rniga asal va quritilgan mevalar iste’mol qilgan ma’qul. Shuningdek, o‘sish uchun zarur bo‘lgan A va V guruhidagi vitaminlardan (ko‘katlar, sabzi, sholg‘om, saryog‘) ko‘proq eng. Kalsiy va fosforga boy sabzavotlar ham albatta taomnomangizda bo‘lishi lozim.

4. Me’yordagi uyqu ham katta ahamiyatga ega. «Bola uyqusida o‘sadi», degan gap zamirida ham haqiqat mavjud. Ertalab, uzoq uyqudan so‘ng tana 1-2 sm.ga cho‘ziladi.

5. Tabiiy damlamalardan foydalaning. Kovrak mevasi tarkibida mavjud qand, oqsil, organik ishqorlar kishining bo‘yi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. V1, V2, ZZ, E vitaminlariga boy bo‘lgan bu ne’mat turli xastaliklarni davolashda foydalidir. Shu bilan birga, jiyda ham bo‘y o‘stirish xususiyatiga ega. Undan quyidagi usulda damlama tayyorlash mumkin: 500 gr. jiyda bir yarim litr suvda biroz qaynatiladi. So‘ngra dokadan suzib, undan har kuni ovqatdan so‘ng ikki osh qoshiqdan ichib turiladi. Ayniqsa, qish va ko‘klam davrlarida bu mevaning foydasi kattadir.

Manba: DiydorAziz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 160
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 127
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 155
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar