“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:55
ЎЗO‘Z

Och qoringa eb bo‘lmaydigan 8 mahsulot

01 iyul, 16:55 12 963 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Och qoringa eb bo‘lmaydigan 8 mahsulot Qorin ochiqqanida dasturxonga qo‘yilgan jamiki noz-ne’matlarni paqqos tushirgimiz keladi. Ammo bu ishimiz oshqozonimizga og‘irlik qilishi haqida sira o‘ylamaymiz. Yo‘q, o‘ylaymiz, faqat sal keyinroq, og‘riq yoki biror bezovtalik kelib chiqqanida. Bunday bo‘lmasligi uchun esa och qoringa eyilmaydigan mahsulotlar bilan tanishib olsangiz, zarar qilmaydi. Bu borada oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROEVAning fikrlari bilan qiziqdikb, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.

BANAN
Mevalar hazm faoliyatini yaxshilaydi, deymiz-u, ammo mevadan mevaning farqi bor-da. Masalan, tarkibida magniy ko‘p bo‘lgan bananni och qoringa eyish tavsiya etilmaydi. Yo‘qsa, magniy va kalsiy muvozanati buzilishi mumkin. Bu esa yurak qon-tomir tizimi faoliyatida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

SITRUS MEVALAR
Yoz jaziramasida ko‘chadan kirgan zahotingiz muzdek sitrus mevalarga ixtiyor berasizu, chanqog‘ingizni qondirasiz. Aslida esa oshqozoningizning gaz va kislotalar bilan to‘lgani qoladi, xolos. Ayniqsa, sitrus meva sharbatlari me’da devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Natijada fermentlar ta’sirlanishi yuz berib, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bu holat ayollarda hayz siklining o‘zgarishini ham sabab bo‘ladi.

DO‘LANA
Ko‘p miqdordagi organik moddalar va limon kislotasi oshqozon suyuqligining faol ajralishiga olib keladi. Och qoringa me’da shirasi shusiz ham ko‘p ajraladi. Do‘lana esa ushbu holatni yanada jadallashtirishi mumkin.

YOGURT
Dietologlar tavsiyasi: yogurtni och qoringa iste’mol qilmang. Ushbu mahsulot nonushtadan so‘ng yoki uyquga yotishdan oldin eyilsa, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Och qoringa esa foydali hususiyatini yo‘qotadi.

KARTOShKA
Qovurilgan kartoshka fri, kartoshkali quymoq yoki yana boshqa eguliklar albatta, mazali. Biroq taomlanishni bular bilan boshlamang. Kartoshka tarkibida oshlovchi moddalar va pektin bo‘lib, oshqozon shirasining ajralishini faollashtiradi. Shira me’yoridan ko‘p ajralganida esa oshqozonda og‘irlik seziladi.

XURMO

To‘yimli va og‘izga xush yoquvchi ta’mli xurmo bilan tamaddi qilishni boshlaysiz. Ammo bir narsani unutmang: xurmo tarkibida ham huddi kartoshka kabi moddalar, oshlovchi kislota va pektin bor. Bo‘sh oshqozonga eyilganida, yaxshi hazm bo‘lmay, gelga o‘xshash ko‘rinishga keladi. Bu esa o‘z navbatida toshga aylanishi mumkin.

POMIDOR
Issiq kunlarda pomidor qo‘shilgan sabzavotli salatlar jonning rohati. Ammo 2-3 soatdan beri hech nima iste’mol qilinmagan bo‘lsa, tamaddini salat bilan boshlash mumkin emas. Chunki pomidorda ham pektin moddasi bor. Yaxshi hazm bo‘lmaganida oshqozonda og‘riq paydo qiladi.

ShAKAR
Ko‘pchilik avval shirin choydan xo‘plab, so‘ng biror nima tamaddi qiladi. Bu noto‘g‘ri! Shakar juda tez singish hususiyatiga ega. Bo‘sh oshqzonga tushganida tezda «yo‘li» ni topib oladi. Qarabsizki, organizmingiz qondagi insulin miqdori nazoratini qo‘ldan chiqaradi. Bu hali hammasi emas. Muntazam och qoringa shirin choy ichilishi ko‘z nuriga ham ta’sir etadi.

SARIMSOQ
Ishtahani yaxshilaydi, deya e’tirof qilinsa-da, och qoringa sarimsoqni tanlamang. Bu poliz ekini tarkibidagi allisin moddasi oshqozon devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Tez-tez takrorlanishi esa gastrospazmaga olib kelishi mumkin.

Juda ochiqqan bo‘lsangiz ham ishtahangizni nazorat qilishga harakat qiling. Qorinning g‘amini eyapman deya, oshqozonning tashvishiga tushib qolmang tag‘in.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 152
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 342
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 233
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar