“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:03
ЎЗO‘Z

Odamlarga ishonasizmi?

22 iyun, 23:17 8 671 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odamlarga ishonasizmi? Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natija-chi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur etadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadi-yu, amalda boshqacha ish yuritishadi. Shu rostmi?
a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
b) Bo‘lib turadi (1 ball)
v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)

2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:
a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
v) Menga bu ishi yoqmasa-da, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)

3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsa-da, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?
a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Haqiqat baribir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)

4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?
a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
b) Har doim ham emas (1 ball)
v) Yo‘q, menga hech kim halal bermasa deyman (2 ball)

5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?
a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)

6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.
a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)

7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?
a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)

8. Agar kimnidir tanqid qilsangiz-u, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:
a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)

9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?
a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)

10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi-yu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:
a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR:

0—6 ball. Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.

7—14 ball. Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.

15—20 ball. Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.

Manba:beka.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 232
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar