“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:01
ЎЗO‘Z

Unutmang, dush qabul qilishda ham me’yor bor

10 iyun, 14:56 11 285 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Unutmang, dush qabul qilishda ham me’yor bor Olimlar odamlarning me’yoridan ortiq dush qabul qilaverishi ularning salomatligi uchun zararli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Hatto, ana shunday kundalik mashg‘ulotni bajarishda ham ma’lum qonun-qoidalarga amal qilish talab etiladi.

Kaliforniya universiteti mutaxassislari salomatlik uchun foydali dush qabul qilish qoidalari bilan tanishtirishdi. Mutaxassislarning fikricha, dush qabul qilganda vannada ko‘p qolib ketish yaramaydi. Gap shundaki, odam terisi yog‘li himoya qavati bilan qoplangan. Bir kunda bir marotabadan ortiq muttasil yuvinaverish esa mazkur qavatning emirilishiga olib keladi. Oqibatda organizmning teri xastaliklariga chalinish xavfi yanada ortadi.

Odatda yoz oylarida dushdan chiqmaydigan odamlarning haddan tashqari toza va ozoda bo‘lishga intilishlari ularda ekzema xastaligining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yuvinish uchun mochalkani bir oyda ikki marotaba almashtirib turish kerak. Chunki mato tarkibida o‘lgan teri qoldiqlari saqlanib qoladi. Oqibatda gigienaga amal qilaman deb, bakteriyalar o‘chog‘iga ega bo‘lishingiz, o‘zingizga ortiqcha tashvish orttirishingiz mumkin.

Issiq suv teri va sochga salbiy ta’sir qiladi. Natijada inson ko‘rki bo‘lgan sochlarning erta to‘kilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun, mutaxassislar issiq ham, sovuq ham bo‘lmagan suvda cho‘milishni tavsiya etishadi. Yuvinish vaqtida oddiy qoidalarga amal qilinsa, teringiz yanada toza, ozoda, muhimi sog‘lom bo‘lib, o‘z go‘zalligi va yoshlik jozibasini yo‘qotmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sport mashg‘ulotlaridan oldin nonushta qilish kerakmi yoki keyin? 20 sen, 11:24 24
  • Germaniyalik olimlar surunkali og‘riqni yengishga yordam beradigan yangi usulni aniqladi 17 sen, 23:45 48
  • Nima uchun hozirgina o‘ylagan narsamizni unutib qo‘yamiz? 17 sen, 18:30 38
  • Uzoq umr ko‘rishingizga to‘sqinlik qiladigan 7 ta odat 17 sen, 15:15 80
  • Haybatni kuchaytirish uchun 8 ta tavsiya 07 sen, 14:37 155
  • Qaysi kundalik odat organizmda temir moddasining yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi? 03 sen, 21:40 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 13
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 9
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 8
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 8
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 13
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar