“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:34
ЎЗO‘Z

Ruhiy test: Dangasalikni enga olasizmi?

05 iyun, 10:46 13 778 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ruhiy test: Dangasalikni enga olasizmi? Nega ayrim kishilarga doim omad kulib boqadi? Muvaffaqiya cho‘qqisini zabt etishadi? Chunki ular doim izlanishda, hamisha harakatda! Siz-chi? Hafsalasizlik, yalqovlik domiga tushganmisiz yoki mehnatdan qochmaydiganlar toifasiga kirasizmi? Marhamat, testimizni ishlab, o‘zingizga baho bering.

1. Ertalab ko‘zlaringizni ochishingiz bilan o‘rningizdan turasizmi yoki yana birpas mizg‘ib olasizmi?
A. «Odatda, telefonimning uyg‘otgichi jiringlashi bilan uyg‘onaman» — 1 ball.
B. «Yana birpas uxlab olmasam bo‘lmaydi» — 3 ball.
S. «Agar hali vaqtli bo‘lsa, biroz xayol surib yotishim mumkin» — 2 ball.

2. Rahbaringiz ma’lum bir vaqtda bajariladigan vazifani topshirsa, siz...
A. «Reja asosida ishlayman» — 2 ball.
B. «Topshiriqni vaqtidan oldin bajarib, dam olishga vaqt qolishiga harakat qilaman» — 1 ball.
S. «Ko‘pincha qo‘lim ishga bormay, ancha kun bekor yuraman-da, keyin kechasi bilan ishlayman» — 3 ball.

3. Ishga belgilangan vaqtdan kech qolib borasizmi?
A. «Ha, har zamon uxlab qolishim mumkin» — 2 ball.
B. «Odatda vaqtida boraman» — 1 ball.
S. «Bunaqa hol har ikki kunning birida sodir bo‘ladi» — 3 ball.

4. Bugungi ishni ertaga qoldirgan paytlaringiz bo‘lganmi?
A. «To‘g‘risi, har doim shunaqa bo‘ladi» — 3 ball.
B. «Hammasiga vaqtida ulgurishga harakat qilaman» — 1 ball.
S. «Gohida, juda holdan toyganimda» — 2 ball.

5. Biror ishga ulgurmaganingizda hamkasblaringizdan yordam so‘raysizmi?
A. «Yo‘q, bu prisiplarimga xos emas» — 1 ball.
B. «Kam-kamdan hollarda, haybarakallachilik bo‘lganda xolos» — 2 ball.
S. «Albatta, ular juda yaxshi odamlar, yo‘q deyishmaydi» — 3 ball.

6. Marraga etmasdan ortga qaytgan paytlaringiz bo‘lganmi?
A. «Juda charchaganimda shunaqa bo‘ladi» — 2 ball.
B. «Qiziqishim so‘nganida hammasiga qo‘l siltaganman» — 3 ball.
S. «Men kirishdimmi, boshlagan ishimni oxiriga etkazmay qo‘ymayman» — 1 ball.

7. Kundalik rejimga rioya qilasizmi (taomlanish, uyqu va hakoza)?
A. «Yo‘q, menga rejim shartmas» — 3 ball.
B. «Qat’iy rejimim yo‘q, faqat ma’lum bir qoidalarga amal qilaman, masalan ishga borib-kelish tartibiga» — 2 ball.
S. «Ha, o‘z tartiblarim bor» — 1 ball.

8. Idish-tovqolarni yuvuqsiz ertalabgacha qoldirishingiz mumkinmi?
A. «Hech qachon» — 1 ball.
B. «Kamdan-kam hollarda» — 2 ball.
S. «Deyarli har kuni» — 3 ball.

9. Siz qaysi mansubsiz: oqim bo‘ylab suzasizmi yoki faol harakatlanuvchimisiz?
A. «Oqim bo‘ylab suzish yomonmas, ko‘pchilik faylasuflarning hayoti bunga misol» — 3 ball.
B. «Inson ba’zida hayotiy tamoyillarini o‘zgartirib turishi kerak» — 2 ball.
S. «Harakatda barakat» — 1 ball.

10. Uyingiz yoki ish stolingizni haftasiga necha marotaba tozalaysiz?
A. «Haftasiga 1-2 marta, hamma joy toza turishi muhim» — 1 ball.
B. Haftada bir marta» — 3 ball.
S. «Vaqtim bo‘ldi deguncha...» — 2 ball.

Javoblar
10-16 ball
. Siz juda serg‘ayrat kishisiz. Tinim neligini bilmaysiz. Hamma ishni o‘z vaqtida va a’lo darajada bajarasiz. Albatta, bu tahsinga sazovar. Ammo juda mehnatsevarligingiz sabab dam olish haqida unutib qo‘ygansiz. Kishining o‘ziga vaqt ajratishi, bu yalqovlik emas. Quvvatingiz tugab qolmasdan, o‘z vaqtida hordiq chiqarish haqida o‘ylab ko‘ring. Har kuni ma’lum bir soat yoki daqiqalarni hech bir ish qilmasdan, o‘zingizga bag‘ishlang. Axir, yaxshi dam — mehnatga hamdam.


17-23 ball. Siz dangasalik ustingizdan hukmronlik o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib bergansiz. Ha, tan oling, ishxona yoki uyda ishingiz boshingizdan oshib toshgan bo‘lsa-da, ularning birortasiga qo‘l yurmasdan vaqtni bekor o‘tkazadigan paytlaringiz ham bo‘lib turadi-ku! Balkim charchagandirsiz yoki hafsalangiz o‘lgandir. Bunday paytlarda ish stolingizga bosh qo‘yib o‘tirganingizdan yoki divanda bekor yotgandan ko‘ra, tabiat qo‘ynida yoki shunchaki toza havoda sayr qiling. To‘rt devor o‘rtasida o‘tirsangiz, yalqovlik domiga battar tushib ketasiz.


24-30 ball. Agar shu balni to‘plagan bo‘lsangiz, demak, hayotingiz yomon ketmayapti. Sizning didingiz juda nozik va ta’sirchan kishi bo‘lsangiz kerak. Buning ustiga, erkinlik va qulaylik tarafdorisiz. Tangannig ikkinchi tomoni esa nimgadir erishish uchun ko‘p ham chirinmaydiganlar toifasidan ekanligingizni ko‘rsatadi. Agar qo‘lingizda sehrli tayoqcha bo‘lmasa, bilib qo‘ying, olma pishib, o‘z-o‘zidan og‘zingizga tushmaydi. Harakat qilgan kishilargagina omad kulib borqadi. Dangasalar esa orzulari bilan so‘ppayib qolib ketishlari hech gapmas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar