“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:22
ЎЗO‘Z

Mehr bersang, mehr topasan: Psixologik test

03 iyun, 20:23 13 401 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehr bersang, mehr topasan: Psixologik test Oramizda nafaqat yaqinlari, oila a’zolari, balki begonalardan ham hech narsasini ayamaydigan, mehribon insonlar juda ko‘p. Ammo begonalar u yoqda tursin, eng yaqin insoniga ham yaxshilikni ravo ko‘rmaydiganlar ham topiladi. Shular qatorida odamlardan doimo nimanidir olish va undirishga o‘rganganlar ham bor. Siz ham o‘ylab ko‘ring: atrofdagilarni bir chetga sura turaylik, eng yaqin insoningiz uchun nimalardan voz kecha olasiz? U uchun nimalarga tayyorsiz? Bu borada o‘zingiz haqingizda aniq bir fikringiz bo‘lmasa yoki javob berishga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, ushbu ruhiy testimiz aynan siz uchun.

Test savollarini o‘qing va javoblaringiz uchun berilgan ballarni yig‘ib boring.


1. Turmush o‘rtog‘ingizning ish joyida bayram tadbiri bo‘lmoqda. Bu bayramda ularga yaqin insonlarini olib kelishlari mumkinligi aytilgan, ammo borishingiz u qadar muhim emas. Shunday vaziyatda siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan bayramga borgan bo‘larmidingiz?
A) Albatta – 5 ball
V) Agar bor desa, boraman – 1 ball
S) Yo‘q, o‘zi boraversin – 3 ball

2. U bilan tanishgan kuningizni qay tarzda nishonlashni istardingiz?
A) Quvnoq kecha tashkillashtirish orzusidaman – 5 ball
V) Romantik kecha bo‘lishini istardim – 1 ball
S) O‘ziga xos biror narsani xohlardim – 3 ball

3. Siz yaqin insoningizning..........qo‘rqasiz
A) Kasal bo‘lib qolishidan - 1 ball
V) Meni qadrlamay qolishidan - 1 ball
S) Meni qiziqtirmay qo‘yishidan - 5 ball

4. Uyali aloqa telefoningizda sevgan kishingiz uchun maxsus chaqiruv qo‘shig‘i haqida...
A) Uning raqamini u uchun atalgan qo‘shiqqa sozlaganman – 1 ball
V) Hamma qatori bitta musiqaga sozlangan – 3 ball
S) Ovoz yo‘q, vibrasiyaga sozlangan – 5 ball

5. Agar ikkingizning mashinangiz bitta bo‘lsa, uni kim haydaydi?
A) Har hola men emas, chunki u ishga va boshqa kerakli joylarga boradi – 1 ball
V) Menga mashina kerak emas, u meni hamma joyga olib borib keladi – 5 ball
S) Men albatta – 3 ball

6. Yaqin insoningiz sizga kiyim sovg‘a qildi. Bu libos esa sizga yoqmadi. Aksiga olib, u sizdan shu kiyimni kiyishni so‘radi. Shunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?
A) O‘zimga yoqmagan kiyimni aslo kiymayman – 5 ball
V) Kiyaman, men uchun eng muhimi unga yoqish – 1 ball
S) Agar bu kiyim unga yoqsa, uni faqat uyda kiyaman – 3 ball

7. Sizga dam olish uchun bir kishilik yo‘llanma berishdi. Bir o‘zingiz dam olishga ketgan bo‘larmidingiz?
A) Albatta – 5 ball
V) Yo‘q, bunday taklifdan voz kechaman – 1 ball
S) Uning fikrini so‘rayman va u nima desa shuni qilaman – 3 ball

8. O‘zingizga va qadrli insoningizga biror narsa sotib olish istagidasiz. Ammo pulingiz faqat bitta narsaga etadi. Siz aynan nimani xarid qilgan bo‘lardingiz?
A) Qadrli insonim uchun qo‘l soatini – 1 ball
V) O‘zimga so‘nggi urfdagi sumka sotib olaman – 5 ball
S) Har ikkimiz ham foydalana olishimiz uchun fotoapparat yoki biror yangi texnikani sotib olgan bo‘lardim – 3 ball

9. Aziz insoningiz uchun qurbon qilishingiz yoki sabr qilishingiz mumkin bo‘lgan eng katta narsa bu....
A) Uning menga yoqmaydigan do‘stini mehmon sifatida kutib olish – 1 ball
V) O‘zingizga sira ham yoqmaydigan, tayyorlanishi o‘ta qiyin bo‘lgan, vaqt va kuch sarflashga to‘g‘ri keladigan taom tayyorlash – 3 ball
S) U bilan bahs yuzaga kelganda, uning gapiga ko‘nib qo‘ya qolish – 5 ball

10. Oshxonangizdagi stolda ta’mi juda mazali shirinlik bor, qiziq, sizningcha, u kimga nasib qilarkin?
A) Kim uni birinchi eyishga ulgursa, o‘shanga – 3 ball
V) Aziz insonimga olib qo‘yaman – 1 ball
S) Albatta, menga – 5 ball

Test javoblari:
Yuqoridagi savollarga berilgan javoblar qarshisidagi ballarni hisoblab chiqing va natijalar bilan tanishing.
10-19 ball to‘plagan bo‘lsangiz, demak siz har qanday vaziyatda yaqin insoniga qulay bo‘lishini o‘ylaydiganlar toifasiga kirasiz. Agar bu sizga ham unga ham ma’qul bo‘lsa, juda yaxshi. Agar o‘zingizni ko‘p holatlarda qurbon qilayotgandek, mehribonligingizni suiiste’mol qilishayotgandek tuyulsa, u holatda bunga qarshi biror chora ko‘rishingiz va uni, qolaversa, o‘zingizni ham tarbiyalashni boshlashingiz lozim.

20 - 29 ball to‘plagan insonlar sirasidan bo‘lsangiz, bilingki, siz va sizning yaqin insoningiz o‘rtasidagi munosabatlar “sizdan ugina, bizdan bugina” naqli ostida tashkil topgan. O‘rtangizdagi hamma narsa bir-biriga mos va mutanosib. Har biringiz, istagingizga rad javobi berilmasligi va bunda o‘zini qurbon qilish shart emasligini bilasiz. Siz o‘zaro kelishib ish qilishni yaxshi ko‘radigan va fikrlari doimo bir joydan chiqadigan mustahkam juftliksiz.

30-39 ball to‘pladingizmi? Demak, siz haqingizda mehribon va jonkuyar deb aytishning o‘zi kamlik qiladi. Siz uchun yoningizdagi insonning xursandchiligi, quvonchi va istaklari eng muhim omil sanaladi. Yaqin insoningizning birgina tabassumi uchun siz har qanday qurbonlikka tayyor bo‘la olasiz. Yaxshilik qilish barobarida siz undan ham shunday munosabat qaytarishini kutmaysiz, talab qilmaysiz.

40-50 ball to‘plagan bo‘lsangiz, yaqin insoni bilan munosabatlarda o‘z istaklarini ustun qo‘yadigan kishilardan sanalasiz. Siz xohish va istaklaringiz birinchi o‘rinda turishini talab qilasiz. Yaqiningizga mehr berishdan ko‘ra, mehr olishni xush ko‘rasiz. Agar yoningizda shunday inson bo‘lsa, demak omadingiz chopgan. Agar bunay insonni hali uchratmagan bo‘lsangiz, fe’lingizni oz bo‘lsada o‘zgartirishga urinib ko‘rishingizni maslahat bergan bo‘lardik. Munosabatlar ikki tomonlama mehr asosida qurilishini unutmang. Faqat o‘zingizni o‘ylasangiz, qadrli insongizning oldida qadringiz ketishi yodda tuting.
Umida Yakubova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 179
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar