“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:23
ЎЗO‘Z

Ramazon oyida o‘zingizni sog‘lom his qilishingiz uchun 10ta foydali maslahat

03 iyun, 16:31 14 229 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramazon oyida o‘zingizni sog‘lom his qilishingiz uchun 10ta foydali maslahat Ramazon oyiga sanoqli kunlar qolmoqda. Bu oyda ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalidir, agar bu to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, albatta; agar aksi bo‘lsa, u organizmga zarar etkazishi ham ehtimoldan xoli emas, deyiladi "Kun" nashrida.

Uzoq vaqt taomlanmagan inson iftor payti kelganda, haddan ortiq ko‘p ovqat eb, sog‘lig‘iga putur etkazib qo‘yishi hech gap emas. Shu bois ushbu oyda ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etishga harakat qiling.

Quyida e’tiboringizga Ramazon oyida o‘zingizni yaxshi his etishingiz uchun ba’zi tavsiyalarni havola qilamiz:

1. Taomlanishni quritilgan xurmo mevasi bilan boshlang, chunki u shakarning muhim manbai hisoblanadi. Ko‘p soatlar och yurganingizdan so‘ng u ichakdagi harakatlarni tartibga soladi. Quritilgan xurmo mevasi magniy va kaliyga boy bo‘ladi.

2. Bu yil Ramazon yozning jazirama kunlariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois siz iftordan keyin etarli miqdorda suv ichishni nazorat ostiga olishingiz kerak. Tun davomida o‘rtacha 8 stakan suv ichish maqsadga muvofiqdir.

3. Sho‘r eguliklardan saqlaning - sho‘r danaklar, sho‘r bodring, konservalangan yoki qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari shular jumlasidandir. Sho‘r eguliklar ro‘za paytida kishilarning tez-tez chanqashiga sabab bo‘ladi.

4. Ovqatni sekin iste’mol qiling. Quritilgan xurmo bilan boshlab, ketidan suv iching, keyin suyuq ovqat, undan so‘ng salat bilan quyuq ovqat. Ketma-ketlikka rioya qiling, chunki noto‘g‘ri ovqatlanish qorinda yoqimsiz og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ramazon oyida ko‘pchilik kishilar noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida muammolarga duch kelishadi.

5. Iftorlikda don mahsulotlari, oqsil, meva va sabzavotlar o‘rin olishi kerak.

6. Yog‘siz go‘sht, tovuq go‘shti, baliq, ma’lum bir miqdorda zaytun yog‘i taom asosi bo‘lsa, ovqat hazm qilishda muammolar yuzaga kelmaydi. Yog‘li taomlardan ehtiyot bo‘ling. Kolbasa va go‘sht mahsulotlari, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boyligi yodingizdan chiqmasin. Ular kishilarni to‘q tutadi.

7. Shirinlik mahsulotlarini iftordan 2-3 soat o‘tib iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Shunda ham ular me’yorida bo‘lishi kerak, chunki haddan ziyod shirinliklar iste’moli insonni tez chanqatadi.

8. Qahvani cheklang. Agar siz qahvaxo‘r bo‘lsangiz, yaxshisi bu odatingizni muborak oy kirmay turib tashlang, shunda bosh og‘riq va uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz.

9. Uch marotaba taomlanishni odat qiling: iftor, kechki yengil ovqatlanish va saharlik. Shundagina organizmingizga ziyon etkazmaysiz, iftordan keyin tinmay eyish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

10. Jismoniy mashq bilan shug‘ullaning - bu Ramazon oyida foydadan xoli bo‘lmaydi. Iftordan 1-2 soat o‘tganda sport bilan shug‘ullanish sog‘lom vazn hamda sog‘lom turmush tarzining garovini belgilab beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 194
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 122
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 131
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar