“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:54
ЎЗO‘Z

Ruhiy test: Men kimman?

31 мая, 01:00 32 262 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ruhiy test: Men kimman? Ushbu test britaniyalik ruhshunos Pip Uilson tomonidan maktab o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini bilish uchun yaratilgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay bu testdan nafaqat o‘quvchilar, balki kattalar o‘rtasida ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. U orqali insonning ruhiy, moddiy va ma’naviy holatini aniqlash mumkin.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratda daraxt ustida, ostida, yonida turli holatda turgan odamlar aks etgan va ularning har biriga alohida raqamlar biriktirilgan. Suratni diqqat bilan kuzating va o‘zingizga yoqqan, sizning ichki olamingizni, hislaringizni aks ettirgan, shu bilan birga kelajakda o‘zingizni shunday ko‘rinishda ko‘rishni xohlagan raqam egasini tanlang.

Raqamlar nimani anglatishini bilishdan avval suratdagi odamchalarga yaxshilab nazar soling. Agar javoblarni oldindan o‘qib keyin suratdan o‘zingizga mos odamchani tanlasangiz, test javobi noto‘g‘ri bo‘ladi.

1, 3, 6, 7 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz o‘z maqsadi sari hech qanday to‘siqlarga qaramasdan intiladigan kishilar sirasiga kirasiz. “Intilganga tole yor” maqoli aynan sizning xarakteringizga mos.

4 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Hayotingizda o‘zingiz uchun qulay sharoitlarni yaratib bo‘lgan insonsiz. Yoki ana shunday sharoitni yuzaga keltirishda astoydil harakat qilayapsiz. Siz kichik kuch sarflab qilgan mehnat katta omad va yutuqlarni olib kelishi mumkin.

2, 11, 12, 18, 19 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:
Atrofdagilar, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz sizga butunlay ishonishlari mumkin. Siz har qanday holatda sizning yordamingizga muxtoj bo‘lgan kishiga yordam qo‘lini cho‘za olasiz.

5 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Ham ruhan, ham jismonan juda charchagansiz. Qalbingiz va ruhiyatingizda ham shu holat kuzatilmoqda. Guyo kuchingiz sham kabi erib borayotgandek... O‘zingizni chalg‘itishga va hayotingizda mavjud bo‘lgan narsalardan yaxshilik xikmat izlashga harakat qiling.

9 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz zerikish, tushkunlik nimaligini bilmaysiz. Chunki ushbu ikki tuyg‘uga bo‘lgan nafartingizning cheki yo‘q. Sizga qolsa har kuningiz bayramdek o‘tsa...

13 va 21 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz odamlar bilan imkon qadar kamroq yaqinlashishga, suhbatlashishga urinasiz. Birovlarning aytgan gaplarini ko‘nglingizga tez va juda yaqin olasiz. Arzimas sabablar tufayli vahimaga tushasiz. Taqdiringizda sizni arofdagilar bilan tanishtirishga va olamni ko‘rsatishga harakat qiluvchi kishi paydo bo‘lsa, uning qo‘llaridan mahkam tuting.

8 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
O‘zingizga oro berishni juda yaxshi ko‘rasiz. Yolg‘izlikni yaxshi ko‘rasiz.

10 va 15 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Har qanday sharoit va holatga oson moslasha oladigan insonlar toifasidansiz. Hayotingizda sizni ilhomlantiradigan sizga kuch beradigan kimdir yoki nimadir bor.

14 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Ichki tashqi olamingiz o‘rtasida jang ketmoqda. Hislaringizni jilovlay olmaslikdan qo‘rqasiz. Yuzaga kelgan vaziyatga sabab bo‘lgan omillarni birma-bir ko‘z oldingizdan o‘tkazing javobi topiladi va hammasi o‘z o‘rniga tushadi.

20 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Sizda manmanlik hissi juda kuchli. Liderlik qobiliyatingiz ham bor. Ammo siz liderlikdan to‘g‘ri foydalana olmaysiz. Boshqacha qilib aytganda, hamma narsani o‘z foydangizga hal qilishni yaxshi ko‘rasiz. Sizning o‘z fikringiz bor, boshqalarnikini eshitganingiz bilan, o‘z bilganingizdan qolmaysiz.

16 raqamini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz kimnidir qo‘llab-quvvatlashdan, u qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qilishdan, birovning muammolariga aralashaverishdan charchagansiz. Agar 17 raqami diqqatingizni tortmagan bo‘lsa, demak, siz yaqinlaringizning yordamiga suyanadigan insonlardansiz.

Umida Yakubova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 172
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 111
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 99
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 129
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar