“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:30
ЎЗO‘Z

Tushkunlikdan chiqib ketishning 23 usuli

26 apr, 16:04 47 272 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tushkunlikdan chiqib ketishning 23 usuli Inson tushkun holatdan chiqib ketishga ba’zida o‘zida kuch topadi, ba’zan esa bunga hafsala ham qilmaydi. "Qalampir.uz" nashri yozishicha.

Kichik muammolardan xalos bo‘lish yo‘llari tushkunlik bulutlari ortida ko‘rinmay qolgan chog‘da, inson eng avvalo o‘zini biror narsa bilan mashg‘ul qilishi, chalg‘itishi lozim. Aynan ushbu fikr dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan ilgari surilgan.

Buni qarangki, tushkunlikdan sizu bizni xalos qilishi mumkin bo‘lgan yo‘llar juda ko‘p ekan. Ammo biz sizga taqdim etayotgan usul eng oddiy va eng samarali usullardan biri sanalar ekan.

Buning uchun sizga oq qog‘oz, yozish va chizish uchun ruchka yoki qalam hamda boshqa bir nechta narsa kerak bo‘ladi.

1. O‘ta horg‘inmisiz, charchaganmisiz? Unday bo‘lsa, gullarning suratini chizing.

2. Kimdandir yoki nimadandir jahlingiz chiqayaptimi, o‘zingizni bosishga qiynalyapsizmi? Turli chiziqlarni chizing.

3. Agar biror a’zoingiz og‘riyotgan bo‘lsayu, sabr qilishga to‘g‘ri kelsa, biror buyumni yasashga harakat qiling.

4. Agar o‘ta zerikkan bo‘lsangiz, qo‘l ostingizdagi oq qog‘ozni turli mayda gullar bilan to‘ldiring.

5. Ma’yuslik ko‘nglingizni maxv etgan bo‘lsa, kamalakni chizing.

6. Biror nimadan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, to‘qish ipi yordamida makrame to‘qing yoki turli matolardan biror chiroyli narsani yasang.

7. Ko‘nglingizda vahima hissi bo‘lsa, qo‘g‘irchoq yasang.

8. Biror narsadan hijolatdamisiz, uyalyapsizmi? Qog‘ozni mayda bo‘laklab yirting.

9. Kuchli xavotirlanish vaqtida origami yasang.

10. Organizm katta bosim bilan ishlagan vaqtda naqshlarni chizing.

11. Biror narsani eslashingiz o‘ta muhim bo‘lsa, labirintlarni chizib ko‘rishga harakat qiling.

12. Ko‘nglingiz qoldimi – biror suratning nusxasini chizing.

13. Umidsizlik vaqtida yo‘llarning suratini chizishga urinib ko‘ring.

14. Biror narsani tushunishingiz lozim bo‘lgan vaqtda mandallarning suratini chizing.

15. Sarf etilgan kuchingizni tez fursatda tiklashni istasangiz, tabiatning suratini chizing.

16. O‘z hissiyotlaringizni tushunishning imkoni bo‘lmaganda, avtoportret chizishga urinib ko‘ring.

17. Biror holatni yodda saqlab qolish uchun rangli dog‘larni yuzaga keltiring.

18. Fikrlarni bir maromga solish lozim bo‘lganda, kichik doira yoki to‘rtburchak shakllarini chizing.

19. Nimani istayotganingizni tushunishni xohlasangiz, kollaj yarating.

20. Fikrlaringizni jamlab olishingiz lozim bo‘lsa, istagan narsangizni nuqtalar yordamida chizing.

21. Vaziyatdan chiqib ketishning optimal yo‘lini izlayotgan bo‘lsangiz to‘lqin hamda doira shakllarini chizing.

22. Bir nuqtada “qotib” qolganingizni sezayotgan bo‘lsangiz, undan chiqib ketish va yo‘lingizda davom etish istagingiz bo‘lsa, spirallarni chizing.

23. Maqsadingiz sari fikrlaringizni jamlash uchun panjara va nishonni chizing.

Biz sizga aziyat berayotgan muammoli vaziyatlardan ana shu oddiy va samarali mashq yordamida chiqib keta olishingizga ishonamiz.

Umida Yakubova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar