“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Oyoqlar shakli fe’l-atvordagi xususiyatlardan dalolat beradi

25 apr, 09:32 20 905 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oyoqlar shakli fe’l-atvordagi xususiyatlardan dalolat beradi Qadimdan qo‘lga qarab inson taqdiri haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilish mumkin bo‘lgan. Qarangki, inson oyoqlari ham shaxs xarakteridagi ayrim xususiyatlar haqida belgi berar ekan. Bu haqda "Kun.uz" malumot bermoqda.

Quyida 10 turdagi oyoq shakllariga qarab fe’l-atvordagi sirli jumboqlarni bilib olishingiz mumkin.

1. Rimcha oyoq

Bu eng ko‘p tarqalgan shakldir. Shunday oyoq shakliga ega insonlar juda ham kirishuvchan va do‘stona munosabatlarni xush ko‘ruvchi kishilardir. Ular juda muloyim bo‘lib, bu toifadagi insonlardan yaxshigina notiq va biznesmen chiqishi mumkin.

2. To‘rtburchak oyoq

Bunday shakldagi oyoq barmoqlari odatda, bir tekisda bo‘ladi va ba’zan to‘rtburchakni yodga soladi. Bunday insonlar qaror qabul qilishda tinch va aqlli yo‘l tutishadi. Ularga ishonsa bo‘ladi. Juda tez, chaqqon harakatdagi insonlardir.

3. Grekcha oyoq

Bu kabi oyoqlarning ajralib turuvchi jihati – ikkinchi barmoq boshqalariga nisbatan uzunroq holatda bo‘ladi. Bunday insonlar – tashabbuskor, ijodkor bo‘lib, o‘zgalarni ham rag‘batlantira olishadi va yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishadi. Ko‘proq san’atkor va sportchilarda mana shu turdagi oyoq shakllarini uchratish mumkin.

4. Uzun bashmaldoq

Katta barmoq – eng uzuni bo‘lib, qolganlari uni ketidan tizilib bir tekisda pasayib boradi. Bunday oyoq shakliga ega shaxslar maxfiylikka moyil bo‘lib, yolg‘izlikni xush ko‘rishadi. Shu bilan birga, ular ta’sirchan bo‘lib, kayfiyatlari tez-tez o‘zgarib turadi.

5. Jimjiloq barmoqni ajrata olmaslik

Jimjiloqni boshqa barmoqlardan ajrata olmaydigan insonlar tartib bilan tuzilgan hayot tarzini qadrlashadi va bu ularga xavfsizlikni his etishlariga yordam beradi. Bunday shakldagi barmoq egalari juda ishonchli va sadoqatli bo‘lib, bu xususiyat ularni barcha ishda yaxshi hamroh bo‘lishlariga yordam beradi.

6. Jimjiloq ajralib turadi
Agar jimjilog‘ingizni ajrata olsangiz, demak siz sarguzashtlarga tayyor insonsiz. Odatiy hayot sizni baxtsiz qilishi mumkin. Shu sababli turli yangiliklarni qidirib topishga harakat qilasiz. Tezda zerikib qolmaslik uchun kutilmagan ishlarni amalga oshirishga tayyor turasiz.

7. Jimjiloq yon tomonda

Bunday oyoqlarda jimjiloq boshqa barmoqlarga nisbatan kichikroq bo‘lib, xuddi yon tarafdan turtib chiqqanga o‘xshaydi. Bu turdagi oyoq egalari isyonkor xarakter sohibi bo‘lib, natija doim ular istaganidek yakunlanishini xohlashadi. Ular shuningdek, nomuqobil xulqqa ham moyil bo‘lishadi.

8. Ikkinchi va uchinchi barmoqlar orasidagi ochiqlik

Bu toifadagi insonlar o‘z xis-hayajonlarini chegaralay olishadi, shu sababli ular kezi kelsa, sovuqqonlik bilan istalgan ishni a’lo darajada bajara olishga qodir bo‘lishadi.

9. Uchinchi barmoq tomonga biroz egiluvchanlik

Mazkur toifadagi shaxslar barcha narsani avvaldan rejalashtirib qo‘yishni afzal ko‘rishadi. Ular juda tashkilotchi insonlar bo‘lib, har qanday sharoitda ham o‘zlarini boshqara olishadi.

10. Ikkinchi barmoq asosining torligi

Agarda ikkinchi barmoqning boshlanish joyi tirnoqqa nisbatan ancha tor ko‘rinishda bo‘lsa, bu kabi oyoq egalari jonli, harakatchan inson hisoblanadi. Bu turdagi insonlar ko‘proq muammolarni ko‘paytirib, voqea ko‘lamini bo‘rttirib yuborishga moyil bo‘lishadi. Agar bu inson yaxshi kayfiyatda bo‘lsa, atrofdagilar ham mazza qilib yayrashadi, sababi u barchaga o‘zining pozitiv holatini o‘tkaza oladi. Biroq aksincha kayfiyati yomon bo‘lsa, yaxshisi uni yolg‘iz qoldirgan ma’qul.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 90
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 76
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 123
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar