“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:07
ЎЗO‘Z

Egizaklar qaysi burj vakillari orasidan juft tanlagani ma’qul?

20 apr, 21:34 78 797 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Egizaklar qaysi burj vakillari orasidan juft tanlagani ma’qul? Ayol. Mazkur burj ostida tug‘ilgan ayollar kamdan-kam orzularidagi erkaklarni uchratadi. U ajoyib do‘st, shu bilan birga nozikta’b, qobiliyatli va zehnli. Sarguzashtlarga ishqiboz. Kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi. O‘z ishlariga layoqatsiz. Erkinlikni yoqtiradi.

Erkak. Rashkchi, arazchi emas. Mabodo uning qulog‘iga ba’zi gaplar chalinib qolsa, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Egizaklar odatda bir marta uylanadi. U goh saxiy, goh ziqna.

EGIZAKLAR - QO‘Y. Bularning munosabatlari juda yaxshi va ajoyib bo‘ladi, chunki ikkalasi ham aktiv harakatlarga ega. Egizaklar Qo‘yning xarakteriga chidasa, shunda munosabatlar yaxshi bo‘ladi. Oila yaxshi va mustahkam bo‘lishi mumkin.

EGIZAKLAR - BUZOQ. Bular bir biriga umuman o‘xshamasa ham, munosabatlarning boshida bir birining qiliqlari va xarakterlari bir biriga tortadi. Ammo vaqt o‘tib Buzoqning asta-sekinlik bilan ishlashi chaqqon Egizaklarning joniga tegadi. Rangsiz munosabatlar va oila unchalik yaxshi emas.

EGIZAKLAR - EGIZAKLAR. Bu ikkalasi bir biriga juda ham mos keladi, chunki dunyoqarashlari bir xil va bir biri bilan zerikmaydi. Bu juda qiziqarli juftlik. Agar bunday doimiy shovqin bir birining joniga tegmasa va ba’zan ikkalasidan biri narsalarga jiddiyroq qarasa, yaxshi oila chiqishi mumkin.

EGIZAKLAR - QISQIChBAQA. Bunday juftlik xavfli, chunki ko‘ngli ochiq Egizaklar uchun Qisqichbaqaning "ichimdagini top” ligini tushunish qiyin bo‘ladi. Keyinchalik Egizaklar zerikmaslik uchun ko‘p hazil qiladi, Qisqichbaqa esa bunga jiddiy qarab xafa bo‘ladi. Bir birini tushunmaganligi uchun tug‘ilgan munosabatlar asta-sekin yo‘qoladi va bulardan oila chiqmaydi.

EGIZAKLAR - ARSLON. Arslonni doimo qiziqtirib, uni lol qoldirish uchun Egizaklarga aql etishi kerak. Arslonga Egizaklarning yengilligi yoqmasligi mumkin, chunki Arslonning yonidagilari doimo shohga munosib bo‘lishi kerak. Lekin Egizaklarning xushmuomalaligi Arslon bilan munosabatlarni saqlashga yordam beradi. Arslon Egizaklar bilan bo‘lgan munosabatda ustun bo‘ladi. Agar ikkalasi oila qurishsa yaxshi oila bo‘la oladilar.

EGIZAKLAR - SUNBULA. Sunbula ko‘p injiqlik qiladi va Egizaklardan ustun bo‘lishga harakat qiladi. Egizaklarga esa bu yoqmaydi, chunki ular erkinlikni xush ko‘radi, Sunbula Egizaklarni yengil deb topadi. Bular bir tomondan biri biriga o‘xshasada, ikkinchi tomondan ko‘p tortishuv bo‘ladi. Shuning uchun qisqa munosabatlar bo‘lishi mumkin, ammo yaxshi oila chiqmaydi.

EGIZAKLAR - TAROZI. Ikkalasining ham xarakteri murakkab. Ammo sevgi-muhabbatga nisbatan dunyoqarashi bir xil. Ajoyib juftlik va do‘stlik. Ko‘p tomonlama xarakterlari to‘g‘ri keladi va bir birini juda yaxshi tushunishadi. Munosabatlari ajoyib, do‘stona va baxtli oila chiqadi.

EGIZAKLAR - ChAYoN. Bu ikkala burj ostidagilar bir biriga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Ammo ikkalasining ham dunyoqarashi va aqli boy bo‘lgani uchun, o‘rtalarida juda qiziqarli uzoq suhbatlar bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, Chayon faqatgina suhbatga ko‘p vaqtini o‘tkazishni xohlamaydi. Chayon ko‘proq amaliy munosabatlarga o‘ch. Egizaklar esa ko‘proq romantik va Egizaklarga Chayonning qo‘polligi umuman yoqmaydi. Shuning uchun bu ikkalasining munosabatlari janjallarga aylanadi. Bunday tushunmovchiliklar bilan yaxshisi oila qurish kerak emas.

EGIZAKLAR - QAVS. Bular ikkalasi ham sarguzashtni yaxshi ko‘radi. Birga uzoq vaqt davomida bo‘lish qiyinroq. Chunki ikkalasining ham do‘stlari ko‘p va ikkalasi ham bir biriga qaraganda ko‘proq do‘stlariga vaqt ajratadi. Birinchi bo‘lib Egizaklar Qavsni tanqid qilishni boshlaydi. Albatta bu Qavsga yoqmaydi. Munosabatlari og‘ir o‘tadi, ammo ba’zan yaxshi tugashi ham mumkin.

EGIZAKLAR – TOG‘ EChKISI. Ko‘p tomonlama bir biridan farq qiladi. Egizaklar chaqqon va romantik, Tog‘ echkisi esa lanjroq. Boshida til topishishlari mumkin, ammo bunday munosabatlar uzoqqa bormaydi.

EGIZAKLAR - DALV. Bu ikkalasi bir birining davomidek. Egizaklarga Dalvning faoliyati yoqadi. Dalvga Egizaklarning xarakteri yoqadi. Bir birini juda yaxshi tushunadi. Bular birgalikda ishlashi mumkin. Munosabatlari chiroyli, yaxshi oila chiqadi.

EGIZAKLAR – BALIQ. Bu ikkalasi bir biridan juda ko‘p tomondan farq qiladi. Egizaklarning jonli xarakteri Baliqning sentimentalligiga to‘g‘ri kelmaydi. Ikkalasi ham egoist bo‘lgani uchun bir birini tushuna olmaydi. Bularga kuchli partnyor kerak. Ammo munosabatlar ham bo‘lishi mumkin. Oila hamma vaqt ham yaxshi bo‘lmaydi, bu uchun bular ko‘p harakat qilishlari kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 141
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 109
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 281
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 253
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar