“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:36
ЎЗO‘Z

Afg‘onistonda «Tolibon» oliy rahbari ayollar huquqlari to‘g‘risida farmon chiqardi

04 dek, 07:00 2 485 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘onistonda «Tolibon» oliy rahbari ayollar huquqlari to‘g‘risida farmon chiqardi Afg‘onistonda «Tolibon» harakatining oliy rahbari Haybatulla Ohunzoda ayollar huquqlari bo‘yicha maxsus farmon chiqardi. Bu haqda «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulla Mujohidga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Farmonda qayd etilishicha, «Tolibon» rahbariyati barcha tegishli mutasaddilar, din ulamolari va oqsoqollarga ayollarning quyidagi huquqlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rishni topshiradi: voyaga yetgan ayolni turmushga uzatishda uning roziligi talab qilinadi, hech kim ayollarni turmushga chiqishga majburlay olmaydi.

Farmonda aytilishicha, «ayol mulk emas, hurmatli va ozod inson, hech kim uni hech kimga biror manfaat evaziga berib yubora olmaydi». Unga ko‘ra, «eri vafot etib, shariat iddasidan o‘tgandan so‘ng, beva ayolni kimgadir majburan nikohlab berish mumkin emas».

Hujjatda aytilishicha, beva ayol yangi turmush o‘rtog‘idan mahr olish huquqiga ega. «Ayol (vafot etgan) eri, farzandlari, otasi va boshqa qarindoshlarining mulkidagi merosdan belgilangan ulushini olish huquqiga ega. Uni hech kim bu huquqdan mahrum qila olmaydi», — deyiladi xabarda.

Farmonda, shuningdek, bir nechta ayolni nikohiga olgan erkak ushbu ayollarning barchasiga shariat asosida huquqlar berishga, ular o‘rtasidagi munosabatlarda adolatga rioya qilishga majbur ekani qayd etilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Haj va diniy ishlar vazirligiga ulamo va da’vatchilarni ayollar huquqlari bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan yaqindan tanishtirish vazifasi yuklatilgan, bundan maqsad ular o‘z ma’ruzalari orqali ayollarga zulm qilish, ularning haq-huquqlarini inkor etish Allohning g‘azabiga sabab bo‘lishini odamlarga tushuntirishi lozim.

Axborot va madaniyat vazirligiga xotin-qizlar huquqlariga oid foydali materiallarni o‘z vositalaridan foydalangan holda yozma va audio shaklda doimiy ravishda tarqatib borish tavsiya etiladi. Shuningdek, ulamolar e’tiborini xotin-qizlarning shar’iy huquqlariga qaratish, tushuntirish olib borish, ularga nisbatan zulm davom etishining oldini olish maqsadida imkon darajasida eng muhim risolalarni chop etish topshirilgan.

Oliy sud barcha sudlarga ayollarning, ayniqsa, beva ayollarning huquqlari va ularga nisbatan tazyiqlar to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish va ularni kamsitmaslik haqida ko‘rsatma berishi zarur etib belgilandi. Tumanlar hokimlari va rahbarlariga mazkur farmon ijrosini ta’minlashda yuqorida aytilgan vazirliklar va Oliy sud bilan har tomonlama hamkorlik qilish vazifasi yuklatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar