“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:30
ЎЗO‘Z

«Bu – turkiy dunyoga ochiq tahdid!» – Prezident Erdo‘g‘on og‘riqli muammoni ko‘tardi

23 okt, 10:48 2 356 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu – turkiy dunyoga ochiq tahdid!» – Prezident Erdo‘g‘on og‘riqli muammoni ko‘tardi Foto: AA
Nazoratdan chiqib ketgan ijtimoiy tarmoqlar dunyo davlatlari tinchligi va milliy xavfsizligiga tahdid tug‘dirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda 22 sentabr kuni boshlangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning mediaforumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida gapirgan.

Turkiya rahbari o‘z nutqida turkiy va musulmon dunyo o‘lkalari mediamakonda duch kelayotgan jiddiy xatarlarga e’tibor qaratgan.

«Ijtimoiy tarmoqlar keng tarqalgan bugungi davrda butun insoniyat qatorida biz ham axborot xurujlariga nishon bo‘lmoqdamiz. Dunyo bo‘ylab millionlab kishilar soxta va yanglish yangiliklardan aziyat chekmoqda, bitmas ma’naviy jarohat olmoqda», – deydi R.T.Erdo‘g‘on.

Ta’kidlanishicha, biror bir mamlakat raqamli fashizmdan o‘zini omonda deya olmaydi. Negaki, nazoratdan chiqib ketgan axboriy makon demokratiyaning o‘ziga ham tahdid solayotir.

«Turkiy olam raqamli fashizmdan tashqari xalqaro ommaviy axborot vositalarining ikkiyoqlama standartlaridan ham ziyon ko‘rmoqda. Tog‘li Qorabog‘dagi 44 kunlik urush paytida namoyon bo‘lgan ikkiyuzlamachilik mamlakatlarimiz uchun muhim masalani kun tartibiga chiqardi. Ushbu urush davrida arman armiyasining xunrezligi, tinch aholi ustiga ballistik raketalar yo‘llagani yoritilmadi. Matbuot erkinligi va xolisligini bayroq qilib kelgan xalqaro OAV Armaniston rasmiy axborot agentligi vazifasini o‘tadi. Qorabog‘ urushida bizning mamlakatlar, turkiy olam haqidagi haqiqatlar yana yashirildi. Bu birinchi va oxirgi holat emas», – deydi mezbon davlat rahbari.

Turkiya prezidenti devoni jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan, «Ildizlari mustahkam tarix, kuchli kelajak» shiori ostida o‘tayotgan mediaanjuman ishtirokchilariga murojaatda achchiq tajribadan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhimligi qayd etildi. Prezident Erdo‘g‘onga ko‘ra, turkiy dunyo o‘lkalari OAV, dezinformatsiya, axboriy xavfsizlik kabi sohalarda ham hamkorlikni kuchaytirishi, axborot makonini xorijliklarga qo‘shqo‘llab topshirib qo‘ymasligi lozim.

Keyingi yillarda dunyo miqyosida axboriy xurujlar, jumladan, muqaddas dinni yomonotliqqa qilishga urinishlar avj olmoqda. Musulmon olamida yetakchi davlatlardan biri sanalgan Turkiya rahbariyati bunga qarshi kurashib kelmoqda.

Prezident Erdo‘g‘onning yaqinda chop etilgan «Dunyo adolatliroq bo‘lmog‘i mumkin» (Daha Adil Dünya Mümkün) deb nomlangan kitobida ham dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so‘z yuritiladi. Qayd etilishicha, bugun insoniyat uchun suv bilan havodek zarur qadriyat bu – adolatdir.

Bundan bir yil avval, 2020 yil oktabr oyida prezident Erdo‘g‘on Fransiya rahbari Emmanuel Makronning islom dini xususidagi bayonotiga ham keskin tanqidiy munosabat bildirgandi. Fransiya yetakchisi islom dini butun dunyoda inqirozni boshdan kechirayotgani, «islom separatizmi» haqida munozarali fikrlar aytgan edi. Turkiya rahbari islom inqiroz holatida degan iddaoni hurmat chegaralarini buzish, ochiq provakatsiya deb baholagan. U, ayni choqda, ayrim G‘arb mamlakatlarida irqchilik va islomofobiya davlat tomonidan himoya qilinayotganini xavotirli hol o‘laroq qayd etgan.

Avvalroq rasmiy Anqara Yangi Zelandiyadagi masjidga hujum uyushtirilgan 15 mart sanasini Islomofobiyaga qarshi xalqaro birdamlik kuni deb e’lon qilishni taklif etgan.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar