“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:25
ЎЗO‘Z

Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi

15 okt, 23:33 1 818 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi “Tolibon” harakati Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi. Bu haqdagi bayonot toliblar vakili Alhanafiy Vardakning Twitter sahifasida joylashtirildi.

“Afg‘oniston islom amirligi” rahbariyati tomonidan Oliy sud tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Shayx mavlaviy Abdul Hakim Haqqoniy vaqtinchalik oliy sudya, mavlaviy Muhammad Qosim Turkman uning birinchi o‘rinbosari, mavlaviy Abdul Malik ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, – deyiladi bayonotda.

Toliblar hukumat tepasida bo‘lgan 1996-2001 yillarda butun sud tizimi ruhoniyat nazorati ostida bo‘lgan. Uning tarkibiga qozi ul-quzzat (oliy sudya) rahbarligidagi Oliy sud, fuqarolik sudlari hamda harbiy sudlar kirgan.

Bundan tashqari, mamlakatda uch nafar shariat sudyasidan tashkil topgan maxsus tribunallar keng tarqalgan. Hukmlar “Afg‘oniston islom amirligi” rahbariyati tomonidan tasdiqlanganidan keyin ijro etilgan.

Toliblar ag‘darilgach va 2004 yilda Afg‘oniston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan so‘ng mamlakatda to‘qqiz nafar sudyadan iborat Oliy sud ta’sis etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar