“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:47
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Pokistonda yuz bergan zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi

08 okt, 15:20 1 578 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Pokistonda yuz bergan zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi Foto: Reuters
Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Balujiston viloyatida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Orif Alviy va bosh vaziri Imron Xonga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Balujiston viloyatida 7 oktabr kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oqibatda kamida 20 kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar soni 300 kishiga yetgani ma’lum qilingan.

The News xabariga ko‘ra, zilzila Kvetta, Sibi, Xarnay, Pishin, Killa Sayfulla va boshqa shaharlarga ta’sir qilgan. Mahalliy seysmologik markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Xarnaydan unchalik uzoq bo‘lmagan, shuning uchun shahar eng jiddiy zarar ko‘rgan, eng ko‘p qurbonlar ham shu yerda qayd etilgan.

Xarnay komissari o‘rinbosarining aytishicha, shaharda 50 dan ortiq odam jarohat olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan. Rasmiylar qurbonlar soni ortishidan xavotirda.

Hukumat vakiliga ko‘ra, Xarnaydagi ba’zi binolar vayron bo‘lgan, odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Shaharni elektr energiyasi bilan ta’minlash uzilib qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 0
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 6
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar