“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

24 sen, 19:43 2 019 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Bryansk viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan 40 yoshli fuqaroda giyohvandlikdan mastlik alomatlari bo‘lgan. Tintuv vaqtida uning yonidan foto, video va audiofiksatsiya qilish uchun maxsus texnik vositalar, shuningdek, giyohvand modda deb taxmin qilinayotgan kukunsimon modda topilgan.

Foto: Videodan kadr
«Surishtiruv davomida aniqlanishicha, huquqbuzar 2019 yildan beri Ukraina huquq-tartibot organlari bilan maxfiy asosda hamkorlik qilib kelgan. Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxs niqobi ostida navbatdagi vazifani bajarayotganda, u jinoiy doiralar vakillari bilan bog‘lanib, 27 ming griven pul mukofoti evaziga unga Rossiya hududiga noqonuniy o‘tishda yordam berishni so‘radi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, konspirativ tadbirdan maqsad «chet el fuqarosining Rossiyaga noqonuniy o‘tishini tashkillashtirishga urinishda sheriklarini hibsga olish uchun sharoit yaratishdir». Ammo O‘zbekiston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, nimadir xato bo‘lib, sheriklari qo‘lga olinmagan, u esa Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda unga nisbatan jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar