“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Erdo‘g‘on BMTda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini bildirdi

23 sen, 08:00 2 199 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erdo‘g‘on BMTda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini bildirdi Foto: AP Photo
Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori. Bu haqda respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 76-sessiyasidagi umumsiyosiy munozarada aytib o‘tdi.

«Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini, shu jumladan, Qrim hududini himoya qilishga katta ahamiyat beramiz, uning anneksiyasini tan olmaymiz», — dedi Erdo‘g‘on.

Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Qrimda Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovni tan olishdan bosh tortgandi. Saylov natijalari Anqara uchun qonuniy kuchga ega emas, chunki u yarimorolning Rossiyaga qo‘shib olinishini noqonuniy deb hisoblaydi, deb eslatgandi Turkiya TIV.

Kreml Turkiyaning saylovni tan olmaslik qarorini nomaqbul deb atadi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa tegishli xulosalar chiqarishga va’da berdi. «Turkiya Qrim Rossiya Federatsiyasining suveren qismi ekanini ham, biz hech qachon bunday bayonotlarni e’tiborsiz qoldirmasligimizni ham juda yaxshi biladi», — degan TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Ma’lumot uchun 2014 yil mart oyida Qrimda referendum bo‘lib o‘tgan, unda yarimorol aholisining aksariyati Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan. Ukraina va bir qator G‘arb davlatlari ovoz berish natijalarini tan olmadi va sodir bo‘lgan voqealarni «anneksiya» (bosib olish) deb hisobladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yarimorolga egalik qilish masalasi yopilganini bir necha bor ta’kidlagan.

Turkiya prezidenti ma’muriyati vakilining ma’lum qilishicha, 29 sentabr kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaga tashrif buyuradi. Tashrifga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.

«Prezidentimiz 2021 yil 29 sentabrda Rossiya (Sochi shahri)ga bir kunlik tashrif bilan ketishi kutilmoqda», — dedi Erdo‘g‘on ma’muriyatining vakili.

Peskov jurnalistlarga muzokaralarning kun tartibi keng ko‘lamli bo‘lishini aytgan. Prezidentlar, boshqa masalalar qatorida, ikki tomonlama munosabatlar, Suriyadagi vaziyat va «boshqa mintaqaviy nizolar»ni muhokama qiladi.

Avvalroq Turkiyaning ismini oshkor qilmagan rasmiy vakiliga tayanib, Daily Sabah nashri 29 sentabrga belgilangan Sochidagi muzokaralarning asosiy mavzusi prezidentlar 2020 yil mart oyida imzolagan Idlibdagi sulh bitimining buzilishi haqida bo‘ladi, deb yozgandi. 11 sentabr kuni Turkiya rasmiylari Idlib ziddiyat zonasida uyushtirilgan hujum paytida ikki askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan

Avgust oyi oxirida Erdo‘g‘on Rossiyaga bo‘lajak tashrifi chog‘ida Putin bilan C-400 zenit-raketa komplekslarining ikkinchi polkini sotib olish tafsilotlarini muhokama qilmoqchi ekanini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar