“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:46
ЎЗO‘Z

Ukraina prezidentining yordamchisiga suiqasd uyushtirildi

22 sen, 16:05 1 445 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukraina prezidentining yordamchisiga suiqasd uyushtirildi Sergiy Shefirning mashinasi
Foto: Facebook

Ukrainada noma’lum shaxslar mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi yordamchisi Sergiy Shefirga suiqasd uyushtirdi. Bu haqda manbasiga tayanib, «Strana.ua» nashri xabar berdi. Shefir jarohat olmagan, lekin haydovchisi yaralangan. Ukraina Ichki ishlar vazirligi prezident yordamchisining mashinasi o‘qqa tutilganini tasdiqladi.

«Shefirga qarata o‘q uzilgan. Haydovchiga uchta o‘q tekkan. Hozir u og‘ir ahvolda reanimatsiyada. Shefir sog‘-omon, yaralanmagan», — dedi «Strana.ua» manbasi. Milliy politsiya jinoyatchilarni qidirish uchun maxsus «Sirena» operatsiyasini olib bormoqda.

Qayd etilishicha, suiqasd Kiyev viloyatining Lesniki qishlog‘i yaqinida sodir etilgan. Ukraina IIV ma’lumotlariga ko‘ra, mashinaga o‘ndan ortiq o‘q kelib tekkan. Haydovchi jarohat olgan.

Ukraina bosh prokurori qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha ish ochilganini aytdi.

Ukraina prezidenti devoni bu hodisani jamoaning asosiy a’zosiga suiqasd qilish deb atadi. «Shubhasiz, jamoaning asosiy a’zosini namoyishkorona o‘ldirishga urinib, avtomat qurol yordamida ochiqchasiga, qasddan va o‘ta zo‘ravonlik bilan qilingan hujumni boshqacha ta’riflashning iloji yo‘q»,— dedi devonxona rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak.

Podolyak hujumni Zelenskiyning «faol siyosatiga qarshi tajovuzkor va hatto jangovar kampaniya» bilan bog‘ladi. U Ukraina hukumati mamlakatning «tashqi raqiblari» uchun ishlaydigan «panadagi oligarxlar» hamda siyosiy va moliyaviy guruhlarga qarshi kurashayotganini eslatib o‘tdi. Bu kurash esa bunday elementlarning «qulay yashashiga bevosita tahdiddir», deydi prezident devoni rahbari vakili.

Sergiy Shefir 2019 yil 25 maydan buyon Ukraina prezidentining birinchi yordamchisi lavozimini egallab kelmoqda. Siyosatga kirishdan oldin u Zelenskiy bilan televizion loyihalarda yaqindan ishlagan. Shefir «KVN»ning «Kvartal-95» jamoasi asosida tashkil etilgan «Kvartal-95» studiyasining asoschilaridan biri. Zelenskiy o‘sha «KVN» jamoasida o‘ynardi, u jamoa sardori bo‘lgan. Ukasi Boris bilan birgalikda Sergiy Shefir «Kvartal-95» uchun matnlarni yozib berar, shuningdek, Ukrainaning boshqa «KVN» jamoalaridagi tashkilotchilik ishlarida qatnashardi.

Ukraina matbuoti xabarlariga ko‘ra, Shefir omma e’tiboridagi shaxs bo‘lmagani sababli Vladimir Zelenskiyning kundalik ishlari, yirik biznes bilan aloqalar va energiya masalalarini hal qilish uchun javobgardir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar