“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:19
ЎЗO‘Z

Noyabrdan AQSHga kiruvchi xorijliklardan to‘liq emlanganlik talab qilinadi

21 sen, 07:30 1 592 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Noyabrdan AQSHga kiruvchi xorijliklardan to‘liq emlanganlik talab qilinadi Foto: AP
AQSH hukumati noyabrdan boshlab mamlakatga kiruvchi barcha xorijliklardan koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlikni va safargacha 3 kundan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy testni talab qiladi. Bu haqda Oq uyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Jeff Zints jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, yo‘lovchilar AQSHga uchayotgan samolyotga o‘tirish vaqtida emlanganlik haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, xalqaro reyslarning to‘liq emlangan yo‘lovchilaridan AQSHga kelgandan keyin karantindan o‘tish talab qilinmaydi. Xorijdan keladigan amerikaliklar koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lsa, unda safardan bir kun oldin hamda AQSHga kelgandan keyin koronavirusga test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda AQSH rahbariyati koronavirus tarqalishi oldini olish uchun mamlakatga oxirgi 2 hafta bir qator davlatlarda, jumladan, Britaniya, Shengen hududi davlatlari, Irlandiya, Xitoy, Hindiston, JAR, Eron va Braziliyada bo‘lgan xorijliklarga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ygan. Bunday choralar ilk bor AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp hokimiyati vaqtida e’lon qilingan edi. CNBC telekanalining xabar berishicha, ushbu talablar amaldagi cheklovlarni yumshatishga qaratilgan.

Avvalroq AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ko‘proq amerikaliklar emlansa, unda AQSHda virus qurbonlari 1 mlnga yetmasligini aytgan.

AQSHda pandemiya boshidan to hozirgi kungacha koronavirusdan 692 ming o‘lim qayd qilingan. Fauchining ta’kidlashicha, 70 mlnga yaqin amerikalik hamon virusga qarshi vaksina olmagan.

Shuningdek, amerikalik mutaxassislar koronavirusning “myu” shtammi muayyan antitanachalar shakllantiradigan himoyani chetlab o‘tishga qodir deb hisoblashmoqda. Ular hozirda ayni shtammning AQSHda qanchalik tarqalishi mumkinligini tekshirishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 113
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 136
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 162
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar