“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:23
ЎЗO‘Z

Putinning maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak

17 avg, 00:11 3 431 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putinning maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak Zamir Kabulov
Foto: «Kommersant’»

Iste’foga chiqqanini e’lon qilgan va mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Kommersant’».

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘ani televideniye orqali xalqqa yo‘llagan murojaatida oxirigacha kurashishga va jonini ham berishga tayyorligini ta’kidlagan, ammo yakunda sharmandali tarzda qochib ketgan.

«Prezidentlikka saylanishida ham shubhalar bo‘lgandi, boshqaruvda ham yomon ishladi va davlat rahbarligi faoliyatini ham sharmandali yakunladi. Bu borada bunday odamga boshqacha ta’rif ayta olmayman. U (Ashraf G‘ani) afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi va javobgarlikka tortilishi zarur», — degan Zamir Kabulov.

Shuningdek, ekspert Rossiyaning «Tolibon» olib borayotgan siyosatdan qoniqish hosil qilayotganligini qayd etgan.
O‘z navbatida Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasi matbuot kotibi Nikita Ishenko «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida Ashraf G‘anining Kobuldan pullarni qanday olib chiqishga uringani haqida gapirib bergan.

«To‘rtta mashina pul bilan to‘ldirilgandi, vertolyotga ham pul ortishga urinishdi, ammo hamma mablag‘ uchun joy yetmadi. Pullarning bir qismi uchish maydonchasida qolib ketdi», — deya Ashraf G‘anining Afg‘onistondan qochishi haqida hikoya qilgan Ishenko.

Ashraf G‘anining ayni vaqtda qayerda ekani hanuzgacha noma’lum. Avval uning qo‘riqchisi sobiq prezidentning rafiqasi bilan birga Toshkentga kelganini xabar qilgandi. OAVda Ashraf G‘anining Tojikistonga qochgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston ham, Tojikiston ham, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari ham Ashraf G‘anining o‘z hududlarida ekanligini rasman tasdiqlamagan.

«Radio Ozodi» nashri o‘z manbalariga tayangan holda Ashraf G‘anining Dushanbega kelgani va bu yerda uzoq vaqt qolmay, samolyotda Ummonga uchib ketganini xabar qilgan. Nashrning yozishicha, Tojikiston aviatsiyasi O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron hukumatlari bilan Afg‘oniston sobiq prezidentining ushbu mamlakatlar hududidan uchib, Ummonga ketishi masalasini kelishgan bo‘lishi mumkin. Eronning Mehr agentligi Ashraf G‘ani Ummonda ekanligining ehtimoli mavjudligi va siyosatchi u yerdan AQSHga ketishi mumkinligini taxmin qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar