“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

Malayziya bosh vaziri va hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

16 avg, 16:43 1 753 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Malayziya bosh vaziri va hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi Foto: AP
Malayziya bosh vaziri Muhiddin Yassin parlamentdagi muxolifat bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangandan keyin o‘z iste’fosini e’lon qildi. U bu qarori haqida podshoh Abdulloh al-Mustafo qabulida bo‘lgandan keyin o‘z telemurojaatida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yassin 16 avgust ertalab hukumatning oxirgi yig‘ilishini o‘tkazgan va shundan keyin podshoh qabulida bo‘lib, unga iste’foga ketmoqchiligi haqida ma’lum qilgan.

“Men parlamentda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotganim sababli ketmoqdaman”, deb aytgan bosh vazir. Podshoh saroyida ta’kidlanishicha, podshoh Yassinning iste’fosini qabul qilgan, biroq u yangi bosh vazir tasdiqlanguncha o‘z lavozimida qoladi. “Ayni vaqtda podshoh parlamentni tarqatish va muddatdan oldin saylovlar o‘tkazilishidan manfaatdor emas”, deb aytilgan podshohlik saroyi bayonotida.

Shuningdek, Malayziya hukumati ham to‘liq tarkibda iste’foga chiqishga ariza bergan.

Ta’kidlanishicha, Yassin ovoz berishdagi kichik ustunlik bilan 2020 yil mart oyida bosh vazir lavozimini egallagandan beri uning hukumati omonatgina qolayotgandi. Hukmron koalitsiya blokida eng yirik hisoblangan Birlashgan malay milliy tashkiloti (UMNO) partiyasidan ba’zi deputatlar bosh vazirni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, uning iste’fosini talab qilgandan keyin Yassinga bosim yanada kuchaygan.

Yassin oxirgi 2 hafta davomida parlamentdagi muxolif partiyalar bilan murosaga kelishga harakat qilgan. Bosh vazir ularga bir qator siyosiy islohotlar, jumladan bosh vazir lavozimini egallash maksimal muddatini cheklashni, deputatlarga bir partiyadan ikkinchisiga o‘tishni qonunan taqiqlashni taklif qilgan.

Yassin bu urinishlari besamar yakunlangach, 15 avgustda o‘zining Malayziya yerlari o‘g‘lonlari birlashgan partiyasidagi safdoshlarini bosh vazir lavozimini tark etmoqchi ekanligidan xabardor qilgan.

Mahalliy siyosatshunoslarning baholashicha, Yassin parlamentning 222 deputatidan taxminan 100 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Malayziya konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir parlamentdagi ko‘pchilikning qo‘llovini yo‘qotsa, iste’foga ketishi kerak va podshoh parlament ishonch bildiradigan yangi bosh vazirni tayinlashi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar