“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

«Tolibon» butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi

15 avg, 16:01 2 890 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tolibon» butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘oniston hududini to‘liq o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqqan, hokimiyat «Tolibon» harakatiga topshirilgunga qadar Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri, Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy muvaqqat hukumatni boshqarib turadi.

«Tolibon» Afg‘onistondagi ikki markaziy shaharlar Bamian va Kapisani ham egallagan. Avval AQSH Afg‘oniston hukumatining harbiylariga topshirgan Bagram aviabazasi ham harakat ixtiyoriga o‘tgan. Bagramdagi, taxminan, 5 ming nafar mahbus saqlanayotgan qamoqxona ham «Tolibon» nazoratiga o‘tgan.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, yaqin fursatlarda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ham Kobulga yetib kelishi kutilmoqda.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, Kobulda hokimiyatning «Tolibon» harakatiga rasman tinch yo‘l bilan topshirilishi yangi hukumatning xalqaro hamjamiyat va boshqa mamlakatlar tomonidan rasman tan olinishini osonlashtirishi mumkin.

Ashraf G‘ani, prezident administratsiyasining boshqa xodimlari Kobul aeroportida ekanligi, biroq ularga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 73
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar