“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:29
ЎЗO‘Z

Germaniyada nafaqaxo‘r erkakning uyi yerto‘lasidan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli tank topildi

29 iyul, 21:55 4 169 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyada nafaqaxo‘r erkakning uyi yerto‘lasidan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli tank topildi
Foto: Die Welt
Germaniyaning Xaykendorf shahrida yashovchi nafaqaxo‘rning uyidan «Pantera» tanki, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli zenit quroli, torpedo va o‘q-dorilar topildi.

Hozirda Germaniya hukumati 84 yoshli erkakka qanday jazo qo‘llashni hal etmoqda: prokuratura unga shartli jazo va 500 ming yevro jarima belgilashni taklif qilgan, sud hamda himoya esa 50 ming yevrolik jarimani yetarli hisoblamoqda, deb xabar beradi Motor.

Nafaqaxo‘rning uyidagi tintuv san’at asarini o‘g‘irlashda gumonlangani sabab o‘tkazilgan. Biroq natijada qurollar topilgan, yerto‘lada esa haqiqiy tank — «Pantera» joylashgan. Germaniya harbiylarining o‘lchovlari bo‘yicha bu kabi tank o‘rtacha hisoblanadi, sovet hujjatlarida esa model og‘ir sinfga kiritiladi.

Turar joy binosi yerto‘lasidagi tankni chiqarib olish uchun 20 nafar askar jalb etilgan. Ular tankni tashqariga chiqarib olish va evakuatorga yuklash uchun to‘qqiz soat vaqt sarflagan. Harbiy texnikaning tashqi ko‘rinishi yaxshi saqlangan, faqat gusenitsasidan tashqari.

Hozirda nafaqaxo‘r harbiy qurol-yaroqlar aylanmasida sud qilinmoqda. Erkakning himoyachisini ta’kidlashicha, qurollar o‘z funksiyasini bajarishga qodir emas, tank esa metallolom uchun xarid qilingan.

Mazkur harbiy texnikalarga AQSHdagi muzey vakillari ham qiziqish bildirgan, zenit qurolini esa Germaniyadagi xususiy kolleksionerlardan biri xarid qilmoqchi. Sud qaroriga ko‘ra, avgust oyida potensial xaridorlar «dalillar»ni sotib olishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 50
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar