“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:48
ЎЗO‘Z

Tojikistonda 230 ming harbiy ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

22 iyul, 11:53 2 598 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikistonda 230 ming harbiy ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Mi-8MT vertolyoti Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida (arxiv)
Foto: «TASS»

Tojikistonda 22 iyulga o‘tar kechasi harbiy shaylikni tekshirish bo‘yicha «Chegara—2021» mashg‘ulotlari boshlandi, deb yozadi «Kommersant’». Ularda mamlakat Qurolli Kuchlari va kuch tuzilmalarining barcha bo‘linmalari ishtirok etmoqda, 230 mingdan ortiq odam jalb qilingan. Mashg‘ulotlar Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da prezident Emomali Rahmonning farmoyishi bilan boshlandi.

Respublika mudofaa vaziri Sherali Mirzo prezidentga ma’lum qilishicha, harbiy mashg‘ulotlarga Qurolli Kuchlar va kuch tuzilmalari shaxsiy tarkibidagi 100 ming kishi, shuningdek, zaxiradagi 130 ming zobit va askarlar jalb etilgan.

«Mashqlar chog‘ida belgilangan joylarga 1023 dona zirhli texnika, 3167 dona maxsus avtomobil texnikasi, 447 dona artilleriya qurilmasi, pushka va minomyotlar, 254 dona havo hujumiga qarshi mudofaa vositasi, 45 dona samolyot va jangovar vertolyot joylashtirildi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

30 iyul kuni Rossiya va O‘zbekiston Surxondaryo viloyatida o‘quv mashg‘ulotlarini boshlaydi. Ularda qariyb 1,5 ming harbiy qatnashishi kutilmoqda. 5 avgust kuni esa Tojikistonning Xatlon viloyatida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikistonning qo‘shma mashg‘ulotlari boshlanadi.

Mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida o‘tkazilmoqda. Afg‘oniston hukumati kuchlari va «Tolibon» o‘rtasidagi to‘qnashuvlar AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagach kuchaydi.

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini olib chiqish 29 aprelda boshlangan, AQSH va «Tolibon» o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan jarayon kuzda yakunlanishi kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Afg‘onistondagi harbiy kontingentining 90 foizdan ko‘prog‘ini olib chiqib ketdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar