“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:17
ЎЗO‘Z

AQSH iyul oxirida Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshlaydi

14 iyul, 22:55 2 605 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH iyul oxirida Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshlaydi
Foto: AP
AQSH hukumati iyul oxirida avvalroq Qo‘shma Shtatlarga immigratsion viza so‘rab murojaat etganlarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni boshlaydi. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik avvalroq AQSH ushbu jarayon uchun charter reyslarini yo‘lga qo‘yishini yozgandi.
O‘tgan haftada AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika hukumati oy oxirida AQSH kuchlariga ko‘maklashgan Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlashini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus immigratsion viza so‘ragan afg‘onistonliklar va ularning oila a’zolari aviareyslar orqali olib chiqib ketiladi.

Bayden Qo‘shma Shtatlar «Amerika kuchlari bilan yonma-yon, xususan, tarjimon sifatida ishlagan afg‘on fuqarolarini olib ketishga kafolat berishi»ni bildirgan.

Amerika OAVning ma’lumot berishicha, AQSH qo‘shinlariga yordam bergan 18 ming nafarga yaqin afg‘on fuqarolari va ularning 53 ming nafarga yaqin oila a’zolari AQSHga immigratsion viza olish umidida. Ammo bu juda uzoq jarayon bo‘lgani bois ularni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.

Amerikalik huquq himoyachilari va qonun chiqaruvchilar Bayden ma’muriyatini afg‘onistonliklarni Tinch okeanida joylashgan AQSHga tegishli Guam oroliga jo‘natishga chaqirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 136
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 89
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 374
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar