“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:35
ЎЗO‘Z

Putin va Lukashenko besh soatlik muzokara o‘tkazdi

14 iyul, 13:30 2 042 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin va Lukashenko besh soatlik muzokara o‘tkazdi
Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Muzokaralar Sankt-Peterburg atrofida joylashgan Strelna posyolkasidagi Konstantin saroyida bo‘lib o‘tdi, suhbat besh soat-u 20 daqiqa davom etdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, muzokaralar davomida tomonlar Rossiya 2022 yilda Belarusga gazni 2021 yilgi narxlarda sotishi to‘g‘risida kelishib oldi, narx indeksatsiya qilinmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Putin va Lukashenko Rossiya neft sanoatida «soliq manyovri bilan bog‘liq kreditni qo‘llab-quvvatlash miqdorini kelishib oldi», dedi Peskov tafsilotlarga to‘xtalmasdan.

Lukashenko Minsk «qanday yo‘l bilan bo‘lmasin» kredit majburiyatlarini bajarishini va’da qilgan, Putin esa Belarusni «ishonchli va barqaror sherik» deb atagan.

Peskovning ta’kidlashicha, muzokaralar ishtirokchilari G‘arbning Belarusga qarshi sanksiyalari mavzusini muhokama qildi, «bojxona, soliqni tartibga solish, energetika kabi sohalarda ishlash bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqdi», shuningdek «xalqaro vaziyat, mintaqaviy muammolar to‘g‘risida atroflicha fikr almashdi».

Kreml veb-saytiga joylashtirilgan muzokaralar qismining stenogrammasidan ma’lum bo‘lishicha, suhbat boshida Lukashenko Minskdan Sankt-Peterburgga «hech bo‘lmaganda bu issiqdan uzoq bo‘laman» degan fikrda tashrif buyurgan. Lekin ushbu shahardagi ob-havo Belarusdagidan farq qilmagan. Putin bunga javoban Sankt-Peterburgda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilganini aytdi, Lukashenko esa Belarusda 36 darajagacha bo‘lganini ta’kidladi.

Bu Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinning 2021 yil boshidan beri to‘rtinchi yuzma-yuz uchrashuvi. Birinchisi fevral oyida Sochida, ikkinchisi aprel oyida Moskvada, uchinchisi may oyida yana Sochida bo‘lib o‘tgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 2
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 116
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar