“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:45
ЎЗO‘Z

Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy safarbar qilinadi

06 iyul, 14:40 2 560 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy safarbar qilinadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzoga tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilish topshirig‘ini berdi. Xabar qilinishicha, Rahmon Tojikiston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday topshiriq bergan.

«Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida siyosiy vaziyat keskinlashganini e’tiborga olib, davlat rahbari xavfsizlik kengashi a’zolariga, kuch ishlatish tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga davlat va tojik-afg‘on chegarasidagi millat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirig‘ini berdi», degan RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.

Avvalroq 5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati jangarilari bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan. Afg‘oniston hukumatining 1037 nafar harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 0
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 68
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 296
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 327
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar