“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:45
ЎЗO‘Z

Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi

17 iyun, 19:01 3 877 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi
Foto: AP Photo
Jenevadagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga Rossiya milliy hunarmandchilik naqshlari bilan bezatilgan yozuv to‘plamini, Amerika rahbari Jo Bayden esa Putinga aviator ko‘zoynak va billur haykalcha sovg‘a qildi.

«Milliy naqshlar tushirilgan ‘Moskva’ yozuv to‘plami», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Baydenga sovg‘asi haqidagi savolga javob berib.

Oq uy xabariga ko‘ra, sammit davomida Bayden Putinga maxsus tayyorlangan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va billurdan yasalgan bizon haykalchasini hadya qilgan.
«Prezident Bayden prezident Putinga Randolph USA tomonidan tayyorlangan aviator ko‘zoynaklarini sovg‘a qildi», — dedi AQSH ma’muriyati rasmiysi.

Uning ta’kidlashicha, 1978 yildan ushbu kompaniya qiruvchi-uchuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynaklar ishlab chiqara boshlagan. O‘shandan beri Randolph USA kompaniyasi AQSH va NATO harbiylarini «yuqori sifatli va ishonchli aviatorlar» bilan ta’minlab keladi.

Oq uy vakili ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Putinga, shuningdek, Amerika bizonining billur haykalchasini sovg‘a qilgan, bu «mamlakatdagi eng obro‘li sutemizuvchilardan birining ulug‘vor ramzi bo‘lib, o‘zida kuch, birlik va barqarorlikni namoyish etadi».

16 iyun kuni Jenevada Bayden va Putinning davlat rahbarlari sifatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Jenevadagi La Grange villasida o‘tkazilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden Jenevaga 15 iyun kuni, Vladimir Putin esa 16 iyun kuni kelgan. To‘rt soat davom etgan uchrashuvda tor va keng doiradagi muzokaralar olib borilgan. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari alohida matbuot anjumanlari o‘tkazgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar