“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi

12 iyun, 22:20 4 242 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi
Yosi Koen 2016 yil yanvaridan 2021 yil iyuniga qadar Isroil razvedkasiga rahbarlik qildi.
Teleintervyudan olingan skrinshot

Isroil razvedkasi — «Mossad»ning o‘tgan hafta iste’foga chiqqan rahbari Yosi Koen mamlakatning «12-telekanal»iga bergan intervyusida ko‘plab yashirin sirlarni ochdi. Xususan, u Isroil josuslik xizmati tomonidan so‘nggi yillarda Eronga qarshi amalga oshirilgan diversion operatsiyalar haqida ilk bor ochiq gapirdi.

2020 yil 27 noyabr kuni Tehron shahri yaqinida eronlik taniqli fizik olim Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda Amerika hukumatining ismi oshkor etilmagan vakili hamda maxsus xizmatning ikki xodimi olimning o‘ldirilishi ortida Isroil turganini ma’lum qilgan edi. Isroil hozirga qadar ushbu masalada ochiq izoh bermay kelayotgan edi.

«Mossad»ning sobiq rahbari Yosi Koen teleintervyuda ilk bor mazkur masalani so‘zlagan. U Isroil maxsus xizmatining Muhsin Faxrizodaning o‘limiga aloqador ekanini na tan oldi, na rad etdi. Ammo eronlik olim ko‘p yillardan buyon «Mossad»ning nishonida bo‘lgani, chunki uning yadro fizikasi bo‘yicha bilimlari xavotir uyg‘otganini qayd etgan.

«Agar biror inson Isroil fuqarolariga tahdid tug‘dirsa, u yo‘q qilinishi kerak», — degan Koen. Ayni chog‘da, u xavf tug‘dirgan shaxs o‘z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirsa, razvedka xizmati ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Eron mudofaa vazirligining innovatsiya va tadqiqotlar bo‘limi rahbari, Imom Husayn nomidagi universitet professori sanalgan Muhsin Faxrizoda ko‘p yillar davomida mamlakatning yadro sohasidagi tadqiqotlariga boshchilik qilgan.

Ayrim G‘arb nashrlari Faxrizodani Ikkinchi jahon urushida AQSHda yadro qurolini yaratish loyihasiga boshchilik qilgan Robert Oppengeymga muqoyasa etishadi. Faxrizoda «Eron yadro sohasining otasi» deb ham atalishi ham bejizga emas. Eron bilan murosasiz muxolifatda bo‘lgan qo‘shni davlat maxsus xizmati Faxrizodani avval ham o‘ldirishga uringani, ammo suiqasd muvaffaqiyatsiz yakunlangani aytiladi.

Teleintervyuda Eronning Natanz yadro ob’ektida ro‘y bergan avariyaga Isroilning aloqador ekaniga ham ishora qilingan. 
Avval xabar berganimizdek, «The New York Times» nashri joriy yil aprel oyida Natanz shahrida joylashgan yadro inshootida ro‘y bergan portlashda Isroilning qo‘li borligini taxmin qilgan edi.

Yosi Koen Isroil maxsus xizmati Erondan 55 ming sahifali yadro hujjatlarini ham o‘g‘irlagani haqida hikoya qilgan.
Tahlilchilar «Mossad» sobiq rahbarining intervyusi G‘arb davlatlari hamda Eron o‘rtasida yadro tadqiqotlariga doir muzokaralar boshlanishi arafasida e’lon qilinganiga e’tibor qaratishgan.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar