“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:10
ЎЗO‘Z

COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi

08 мая, 08:30 3 537 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi
Odamlarda immunitet 80%ga yetganida Sars-CoV-2 koronavirusi to‘lqinlari tarqalishi to‘xtaladi. Bu haqda GFR SSV tarkibiga kiruvchi Rober Kox nomidagi institut prezidenti Lotar Viler ma’lum qildi.

Sal avval, juma kuni, GFR sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yens Shpan Germaniyada koronavirusning uchinchi to‘lqini sindirilganini, kasallanish yuqori darajada ekanini, ammo hozirda pasayish kuzatilayotganini aytgan edi.

"Vaksinatsiya orqali yoki kasallikni boshdan kechirib, so‘ng vaksina olganligi tufayli immunitetga ega bo‘lgan odamlar ulushi 80 foizga yetmay turib, qolaversa, virusning britancha varianti bor ekan, biz cheklovlarning muhim qismidan voz kecha olmaymiz. Immunitet 80 foizga yetgan taqdirda yangi kasallanishlar qayd etiladi, ammo to‘lqinlar bo‘lmaydi. O‘shanda pandemiyani nazorat qilib bo‘ladi", - deb bayonot qildi Viler jumani kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Viler ushbu munosabat bilan koronavirus bo‘yicha amaldagi cheklovlarni man etishga shoshilmaslikka chaqirdi.
"Cheklovlarni rejasiz bekor qilib bo‘lmaydi. Emlanganlar soni haftadan haftaga ko‘paymoqda, shuning uchun ba’zi cheklovlarni bekor qilish mumkin. Emlash ishlari tezkor ravishda amalga oshirilishi kerak va cheklovlarni nazorat ostida bekor qilinishi lozim. Emlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p miqdorda infeksiyalanish holatlarini oldini olishimiz mumkin. Vaksinatsiya jarayonining o‘sib borishi yaqin kelajakda holatni ancha yengillashtiradi", - dedi Viler.

COVID-19ga qarshi vaksinatsiya Germaniyada o‘tgan yilning 27 dekabrida boshlangan edi. Bugungi kunga kelib 7,3 million kishi (aholining 8,8%i) to‘liq, 26,2 million kishi (aholining 31,5%i) kamida bir marta emlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar