“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi

16 apr, 22:28 2 283 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi
Foto: Getty Images
Italiya bosh vaziri Mario Dragi o‘tgan hafta Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni «diktator» deb atagach, shu kunlarda Erdo‘g‘an Dragiga javob qaytardi va uni «tarbiyasiz»likda aybladi. Bu esa Italiyada kuchli aks-sado berdi.
BBC turk xizmati Italiya bosh vazirining matbuot xizmatidan Italiya matbuotidagi iddaolar va Erdo‘g‘anning javobi yuzasidan bayonot berilishi yoki berilmasligini so‘radi. Italiya rasmiylaridan biri OAVdagi xabarlarga hech qanday izoh berilmasligini aytdi.
Italiya matbuoti bir haftadan beri davom etib kelayotgan taranglikni diplomatik kanallar orqali yumshatishga harakat qilingani, ammo Dragi «tuzatish kiritish» taklifini rad etganini yozdi.
Kecha Italiya gazetalarida Erdo‘g‘anning Dragiga bergan javobi va Italiya tomonida bir haftadan beri sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Erdo‘g‘anning kechagi so‘zlari Italiya gazetalarida «Erdo‘g‘anning hujumi: Dragi tarbiyasiz» kabi sarlavhalar bilan keng yoritildi.
Italiya matbuoti Dragi o‘tgan haftaning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Erdo‘g‘an haqida «diktator» so‘zini ishlatganidan beri Rim sukut saqlaganiga e’tibor qaratdi. Gazetalardagi sahna orti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Italiya diplomatiyasi munosabatlarni tiklash uchun ish olib borgan, ammo Dragini ortga qaytishga ko‘ndira olinmagan.
«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Mario Dragiga kechirim so‘ralmagan taqdirda ham tuzatish imkoniyatini berish uchun bir hafta kutdi», deb yozadi La Stampa gazetasi. Gazetaning yozishicha, bu bir hafta mobaynida «Dragi italyan diplomatiyasini uyaltirib, sukut saqladi» va murosaga erishish bo‘yicha hech qanday qadam tashlanmagach, Erdo‘g‘an javob qaytardi.
La Repubblica gazetasi ham Italiya tomonining bir hafta sukut saqlaganiga e’tibor qaratdi va buni quyidagicha izohladi:
«Rim hozircha sukut saqlashni tanladi. «Izoh bermaslik» usuli bilan taranglikni yumshatishga umid qilinmoqda».
Sobiq Anqara elchisi «tuzatishni» tavsiya qildi

La Stampa gazetasidagi sahna orti ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir Dragining diplomatik maslahatchisi bo‘lib ishlagan Italiyaning Anqaradagi sobiq elchisi Luidji Mattiolo Erdo‘g‘an «diktator» deb atalgan chiqishning ortidan darhol masalaga aralashgan.
La Stampa bosh vazirlik manbalariga asoslangan xabarida shunday yozadi: «Mattiolo bosh vazirga uning bu gapi «jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirdi. Uni (Erdo‘g‘anni – tahr.) diktator deb atab bo‘lmaydi, biz buni qandaydir tarzda tuzatishimiz kerak», degan turklarning tabiatini yaxshi bilgan sobiq Anqara elchisi. Ammo uning bu tavsiyasini Dragi «Men hech narsani tuzatmayman» deb rad etgan.
Dragi 8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqi rahbarlarining Anqaraga tashrifi paytida sodir bo‘lgan protokol inqirozini baholash asnosida Erdo‘g‘anni «diktator» deb ta’riflagandi.
Erdo‘g‘an: Bu – qo‘pollik, tarbiyasizlikdir
Erdo‘g‘an bergan javobida shunday deydi: «Italiya bosh vazirining bayonoti o‘taketgan odobsizlik, o‘taketgan tarbiyasizlikdir. Turkiya-Italiya munosabatlari endi yangi bir bosqichga ko‘tarilishini umid qilib turgan bir paytimizda Dragi degan odam o‘zining ushbu bayonoti bilan, afsuski, oramizdagi munosabatlarga bolta urdi».
«Axir, sen tayinlangan bir odamsan, saylanmagansan. Toyyib Erdo‘g‘anni bunday deb atashdan oldin o‘z tarixingdan xabardor bo‘lishing kerak, ammo ko‘rdikki, sening xabaring yo‘q. Biz o‘z millatimizdan olgan kuchimiz bilan, millatimizning bizga bergan irodasi bilan unga xizmat qilish yo‘lidan boramiz», deydi Turkiya prezidenti.  
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Italiyada avvalgi koalitsion hukumat ag‘darilgach, prezident yangi hukumat tuzish vazifasini Yevropa Markaziy bankining sobiq prezidenti Mario Dragiga bergandi. Dragi bosh vazirligi davrida – o‘tgan fevral oyida tuzilgan va qisman texnokratlar va qisman siyosatchilardan tashkil topgan hukumat parlamentdagi partiyalarning aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Siyosiy yetakchilar Dragini qo‘llab-quvvatlamoqda
Erdo‘g‘anning so‘zlariga Italiya bosh vazirligidan javob bo‘lmagach, siyosiy partiya rahbarlari Dragini qo‘llab-quvvatlashdi.
«Bugun men har qachongidan ham ko‘proq Dragi, demokratiya, erkinlik va G‘arbning yonidaman», deydi koalitsion hukumatdan o‘rin egallagan Liga partiyasining yetakchisi Matteo Salvini.
«Muxolifatdagi deputatlarni hibsga olgan va kurd qishloqlarini bombardimon qilgan janob Erdo‘g‘anning Italiya bosh vaziriga odob-axloqdan dars berishni xohlab qolishi juda kulgili», deydi Italiya so‘l partiyasi yetakchisi Nikola Fratoyanni.
«Dragi faqat haqiqatni aytdi», deydi Tirik Italiya partiyasi deputati va parlament tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zosi Gennaro Migliore. 
Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlarda ham Turkiya tarafidan Dragini «tarixidan xabarsiz»likda ayblanishi va «Mussolini» bilan bog‘liq eslatmalarga munosabat bildirildi. «Uning Dragiga o‘tmishda bizning diktatorimiz bo‘lganini eslatishi g‘alati. Erdo‘g‘an, harholda, diktatorimizning taqdiri nima bilan yakun topganini eslamasa kerak», kabi izohlar yozildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 0
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 6
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar