“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:06
ЎЗO‘Z

AQSH razvedkasi koronavirus paydo bo‘lishining ikkita versiyasini ma’lum qildi

16 apr, 10:32 3 050 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH razvedkasi koronavirus paydo bo‘lishining ikkita versiyasini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
AQSH Milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns AQSH senati qo‘mitasidagi tinglovlarda maxsus xizmatlarda koronavirus paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, infeksiya paydo bo‘lishining ikkita versiyasi mavjud.

«Hozir aytish mumkinki, razvedka koronavirus infeksiyasi qayerdan paydo bo‘lgani borasida aniq ma’lumotga ega emas», deb aytgan Xeyns.
Uning ta’kidlashicha, virus paydo bo‘lishining ikkita taxmini mavjud. Ulardan birinchisiga ko‘ra, «nolinchi bemor» virus bilan kasallangan hayvon bilan kontaktda bo‘lgan. Ikkinchi taxminga ko‘ra, virus Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyadan tarqalgan.

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning ta’kidlashicha, MRB Xeynsning pozitsiyasiga qo‘shiladi. Bernsning aytishicha, vaziyat Xitoy hukumati virus haqida zarur axborotni taqdim qilishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yetarlicha hamkorlik qilmagani sababli murakkablashgan.

Avvalroq CNN telekanalining maxsus xizmatlardagi manbasi odamlar koronavirus paydo bo‘lishi haqidagi haqiqatni hech qachon bilmasliklari mumkinligini aytgan. «Hattoki xitoyliklar buni bilmaydilar. Ularda haqiqatni bilishga hech qanday qiziqish bo‘lmagandan keyin ular ortidan josuslik qilib, ularda mavjud biror natijani bilishga urinish befoyda», deb aytgan manba.
2020 yilning yanvar—fevral oylarida JSST ekspertlari guruhi koronavirus manbasini aniqlash maqsadida Uhanga safar uyushtirgandi. JSST ushbu guruh Uhanda olib borgan tadqiqot natijalarini 30 martda e’lon qilgandi. Unda virus paydo bo‘lishining 4ta versiyasi keltirib o‘tilgan.

JSST ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, koronavirusning ko‘rshapalaklardan odamga oraliq hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli yuqori. Shuningdek, virus bevosita ko‘rshapalaklardan odamga yuqqan bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, virus muzlatilgan mahsulotlar orqali odamga o‘tgani ehtimoli «oz»ni, Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli esa «juda oz»ni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 0
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar