“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

Pandemiyaga bag‘ishlangan surat «Yil surati» deb topildi

16 apr, 09:13 2 624 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pandemiyaga bag‘ishlangan surat «Yil surati» deb topildi
G‘olib 15 aprelda onlayn-marosimda e’lon qilindi.
2020 yil avgustida olingan «Ilk quchoq» deb nomlangan suratda San-Pauludagi qariyalar uyi hamshirasining u yerda yashovchi 85 yoshli Roza ismli ayolni sellofan parda orqali bag‘riga bosayotgani tasvirlangan.

Pandemiya sababli mart oyidan Braziliyadagi barcha qariyalar uyi tashriflar uchun yopilgandi, u yerdagi xodimlarga esa qariyalar bilan aloqani minimallashtirishga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda qariyalar uyida ushbu muammoni hal qilishning antiqa yo‘li topildi: buning uchun «quchoqlar» uchun xavfsiz sellofan to‘siq o‘ylab topildi. U keksalarga o‘z yaqinlarini yana bag‘irlariga bosish imkonini berdi va butun dunyoda ommalashib ketdi.

«Ushbu surat hayotimizning eng antiqa onlarini abadiy muhrlaydi. Unda men ham zaiflik, ham muhabbat, ham yo‘qotish, ham hijron, ham o‘lim va eng asosiysi, omon qolishga intilishni ko‘rmoqdaman. Va buning barchasi bir suratda aks etgan. Agar suratga uzoq tikilib tursangiz, unda parvoz va umid ramzi bo‘lgan qanotlarni ko‘rishingiz mumkin», deb aytgan tanlovning hakamlar hay’ati a’zosi Kevin Li.

World Press Photo fotosuratchilarning 1955 yildan o‘z tarixiga ega eng nufuzli xalqaro tanlovi hisoblanadi. Uning maqsadi fotojurnalistika va fotodokumentalistikada eng yuqori standartlarni rivojlantirish hisoblanadi. Joriy yilda hakamlar hay’ati a’zolari butun dunyodan 4,3 ming fotosuratchi tomonidan olingan 74,5 ming suratni ko‘rib chiqishgan. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar qatoridan 28ta davlatdan 45 fotosuratchi joy olgan. Ularning suratlari 17 aprelda Amsterdamda ochiladigan va keyinroq dunyoning 100dan ko‘proq shahrida o‘tkaziladigan World Press Photo ko‘rgazmasi uchun asos bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar