“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:24
ЎЗO‘Z

Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qildi

12 apr, 11:30 2 982 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qildi Foto: AP Photo / Dmitriy Peskov
Rossiya Ukraina bilan urushga qarab harakatlanmoqchi emas, hech kim bunday urush imkoniyatini muvofiq deb hisoblamaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Albatta, hech kim urush tomonga harakatlanmoqchi emas, va hech kim bunday urush imkoniyatini umuman muvofiq deb o‘ylamaydi», — dedi u «Rossiya 1» telekanali efirida.

Peskov qayd etishicha, «shuningdek, hech kim Ukrainada fuqarolar urushi imkoniyatini qabul qilmaydi».

Shu bilan birga, Peskov Kiyev ichki muammolarini kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilishga urinishi mumkinligini Moskva istisno qilmasligini aytdi, u holda vaziyat Rossiya uchun xavfli tus oladi, dedi u.

«Bu biz uchun xavflimi? Albatta xavfli. Biz o‘z xavfsizligimizni ta’minlash uchun choralar ko‘rishimiz kerakmi? Kerak. Biz aynan shu bilan shug‘ullanyapmiz», — dedi u.

Donbassdagi vaziyat mart oyida keskinlashdi. Ukraina hamda o‘zlarini xalq respublikalari deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblamoqda, ikkala tomon ham qurbonlar haqida xabar bermoqda.

Mart oyi oxirida The New York Times gazetasi 4 ming rus qo‘shini Ukraina chegaralariga, xususan, Rostov, Bryansk, Voronej viloyatlari va Qrimga yuborilgani haqida xabar berdi. Hammasi bo‘lib, Rossiya Qurolli Kuchlarining 28 ta taktik batalyon guruhi chegaralar bo‘ylab joylashtirilgan. Conflict Intelligence Team surishtiruv guruhi Rossiya qo‘shinlarining Rossiya—Ukraina chegarasi hududida to‘planishini 2014—2015 yillardan beri eng keskin ko‘rsatkich deb atadi.

Kiyev o‘z chegaralari yaqinida rus qo‘shinlari to‘planganini tasdiqladi va uni «o‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilish» deb atadi. AQSH Rossiyadan mazkur «provokatsiyalar»ga izoh berishni talab qildi, shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden lavozimiga kelganidan beri birinchi marta Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi. Kremlning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z hududida o‘z qo‘shinlarini harakatga keltirmoqda va «bu hech kimni bezovta qilmasligi kerak, qo‘shin hech kimga tahdid solmaydi».

Rossiya qo‘shinlarining Donbassga tortilishi fonida Ukraina NATOga qo‘shilish masalasini qayta ko‘tardi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatda Zelenskiy NATO Donbassdagi urushni to‘xtatishning yagona yo‘li ekanini aytdi. AQSH bu g‘oyani hozircha nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, Kremlning fikricha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Donbassdagi inqirozni yanada kuchaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 208
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar