“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:57
ЎЗO‘Z

Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun shaxsiy saytini ishga tushirdi

31 mar, 11:00 2 017 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun shaxsiy saytini ishga tushirdi Foto: Reuters
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish maqsadida o‘zining «45office.com» shaxsiy saytini ishga tushirdi, deb yozmoqda Meduza.

«Donald Trampning ofisi Tramp ma’muriyatining buyuk qadriyatini saqlab qolishga intilmoqda, shu bilan birga, America First (Amerika birinchi navbatda) dasturini ilgari surmoqda», — deyilgan sayt tavsifida.

Saytda hozircha uchta sahifa mavjud. Ulardan biri Donald va Melaniya Tramplarning tarjimai holiga, ularning AQSHning 45-prezidenti va birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan.

Saytning asosiy sahifasi amerikaliklarga Tramp bilan «o‘z fikrlarini o‘rtoqlashish»ni taklif qiladi. Buning uchun shaxsiy aloqa ma’lumotlari bilan anketani to‘ldirish lozim. Shuningdek, sobiq prezident oilasiga biror ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish yoki ma’lum vaziyatlarda ulardan tabrik yo‘llashini so‘rash uchun alohida imkoniyat mavjud. Uchinchi sahifa OAVdan keladigan so‘rovnomalarga mo‘ljallangan.

Saytda tarafdorlar bilan ochiq-oydin yozishmalar olib borish imkoniyati mavjud emas.

Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchilar tomonidan tashkil etilgan «Amerikani qutqarish marshi» nomli norozilik namoyishi ishtirokchilari 2021 yil 6 yanvar kuni poytaxt Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirgan edi.

Natijada yanvar oyining boshida Facebook va Instagram Donald Trampning akkauntini prezidentlik muddati tugaguncha blokladi. Twitter esa Trampning shaxsiy akkauntini «keyinchalik zo‘ravonlikka da’vat etishning yuqori xavfiga bog‘liqligi sabab» butunlay blokladi.

Keyinroq Trampning maslahatchisi Jeyson Miller Fox News telekanali efirida AQSHning sobiq prezidenti ikki-uch oy ichida «o‘z platformasi bilan» ijtimoiy tarmoqlarga qaytishini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 67
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 60
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 65
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar