“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:32
ЎЗO‘Z

Yevropaning yana 4ta davlati AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatdi

16 mar, 00:00 2 058 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropaning yana 4ta davlati AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatdi Foto: Pascal Rossignol / Reuters
Germaniya, Italiya, Fransiya va Ispaniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Germaniyada ushbu qaror vaksina miya tomirlari trombozini hosil qilishi mumkinligi haqida xabar qilinayotgani bilan tushuntirgan.

Avvalroq Germaniya boshqa davlatlar ushbu vaksinadan voz kechayotganidan afsus bildirgandi. Biroq endilikda Germaniyaning Paul Erlix nomidagi vaksina va dori vositalari instituti vaksinaning emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishiga ta’sirini o‘rganish lozimligi haqidagi xulosaga kelgan va aholini emlashda AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatish bo‘yicha tavsiya bergan.

Avvalroq Yevropada vaksina bilan emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 40ga yaqin holat qayd etilgan.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron vaksinaning qo‘llanishiga taqiqlov Yevropaning dori vositalari agentligi (EMA) u bo‘yicha xulosalar chiqarmaguncha amal qilishini aytgan. EMA AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha 16 mart kuni bayonot berishi kutilmoqda.

Avvalroq agentlik ushbu vaksinani qo‘llashni davom ettirishga chaqirgan. Italiyada ham EMA qarorigacha ehtiyot chorasi sifatida vaksinani qo‘llashni to‘xtatib turishga qaror qilingan.

Bundan tashqari, Ispaniyada ham ushbu vaksinani qo‘llash kamida 15 kunga to‘xtatildi. Shu bilan birga, EMA 15 kun ichida AstraZeneca vaksinasi tromblarga olib kelmasligini isbotlovchi tadqiqot natijalarini taqdim etsa, ushbu qaror bekor qilinishi ma’lum qilingan.

Avvalroq yuqorida keltirilgan holat sababli Niderlandiya, Avstriya, Ruminiya, Bolgariya va boshqa davlatlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi. JARda ushbu vaksinaning koronavirusning afrikacha turiga nisbatan samaradorligi pastligi sababli undan foydalanishdan umuman voz kechilgan.

AstraZeneca’da ta’kidlanishicha, kompaniyada emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi xavfi haqida ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, JSST ham vaksina salomatlik yomonlashishiga olib kelishining isbotlarini topmaganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar