“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:34
ЎЗO‘Z

Yaqin yillarda suv ostida qoladigan shaharlar

03 mar, 15:51 4 766 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaqin yillarda suv ostida qoladigan shaharlar Foto: «Getty Images»
Hollivud filmlarida yirik shaharlar va megapolislarning suvga g‘arq bo‘lishi hodisasi ko‘p marta tasvirlangan. Ammo ushbu tabiiy ofat shunchaki kinoshinavandalarni jalb etish vositasi bo‘lib qolmay, allaqachon real xatarga aylangan.

Iqlim o‘zgarishlarini tadqiq etuvchi olimlar insoniyatni jiddiy xavf-xatardan ogohlantirmoqda. Antarktida va Grenlandiya muzliklari hozirgi sur’atda erishda davom etsa, okean sathi yaqin o‘nyilliklarda halokatli darajada ko‘tarilib dunyoning ko‘plab sohilbo‘yi shaharlari suv ostida qoladi.

BMT huzuridagi Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo guruh ekspertlari global isish jarayoni to‘xtatib bo‘lmas darajada kechayotgani, toshqinlar ham vaqt masalasi ekanini ta’kidlamoqda.

Shaharlarning dengizga g‘arq bo‘lishiga faqat iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lmaydi. AQSH geologiya xizmati mutaxassisi Tom Parsons bu boradagi yana bir omilni aniqladi. Qayd etilishicha, shaharlarning vazni ham ularning suv ostiga ravona bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Olimning hisob-kitobiga ko‘ra, AQSHning San-Fransisko shahri so‘nggi yillarda asta-sekin cho‘kib bormoqda. Yaqin yillarda suv sathi 300 millimetrga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shaharning taxminiy og‘irligi 1,6 trillion kilogramm ekani inobatga olinsa, bu holat halokatga yetaklashi ayon bo‘ladi.

Soha tadqiqotchilari yaqin o‘nyilliklarda suv ostida qolishi kutilayotgan o‘nlab shaharlar nomini ochiqlagan.

Indoneziya poytaxti Jakarta to‘fonlardan eng ko‘p aziyat chekayotgan shaharlar sirasiga kiradi. Ayni paytda shaharning 40 foiz qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Ko‘p millionli nufusga ega shahar yiliga 10 sm quyiga sho‘ng‘imoqda.

Bangladeshning bosh kenti Dakka aholisi ham imkor qadar daryo o‘zanidan chetroqqa ko‘chishga urinmoqda. Chunki suv sathi 10 baravar tezroq sur’atda ko‘tarilmoqda.

Nigeriya poytaxti Lagos shahri ham ayni shu muammoga ro‘baro‘ bo‘lgan. Suv sathining 20 sm ko‘tarilishi 740 ming aholi boshpanasiz qolishiga olib keladi. Hukumat suv harakatini nazorat qilish uchun ruxsatsiz quduq qaziganlarga jazo choralarini kuchaytirgan.

Abadiy muzlarning erishi Buyuk Britaniya poytaxti London shahri aholisiga ham qimmatga tushishi mumkin. 1984 yili Temza daryosi sathi ko‘tarilishini nazorat qilish uchun maxsus to‘g‘on qurilgan. Ammo to‘g‘on ham tabiiy ofatga to‘sqinlik qila olmaydiganga o‘xshaydi.

Tailand hukumati bir necha yil oldin xavotirli hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, poytaxt Bangkok keyingi 15 yil davomida suv ostida qolishi mumkin. Tashvishu xavotirlar bejiz emas. Ayni paytda gavjum shahar dengiz sathidan atigi 1,5 metr balandda joylashgan.

Nafaqat Xitoy, balki Osiyoning eng yirik megapolislari sirasiga kiruvchi Shanxay ham suv balosiga duchor bo‘lishi mumkin. Girdogirdi suv bilan o‘ralgan Shanxaydagi millionlab tonna tosh bosadigan osmono‘par binolar shaharni zamin qa’riga tortmoqda.

Filippin poytaxti Manila tez-tez to‘fon va dovullarga nishon bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, shaharning cho‘kish ko‘rsatkichi yiliga 10 sm ni tashkil etmoqda. Bu holat tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Sayyoramizning qadimiy kentlaridan biri, kimsan Aleksandr Makedonskiy bino qilgan Misrdagi Iskandariya shahri o‘z tarixi mobaynida ko‘plab yong‘inu zilzilalarga guvoh bo‘lgan. O‘rtayer dengizi uch tomondan Iskandariyani “qamal” qilib kelmoqda: ko‘hna shahar 2020 yilda suv ostida qolishi mumkin.

Davlatmand sayyohlarning sevimli maskani bo‘lmish Maldiv orollari ham, pessimistik xulosalarga ko‘ra, yaqin o‘nyilliklarda suv domida qoladi. 1200 ga yaqin kichik orollar tobora cho‘kib bormoqda.

Suv balosi Yevropaning bir qator shaharlariga ham xavf solmoqda. «Italiya marvaridi» sanalgan Venetsiya ham iqlim o‘zgarishi, ham ortiqcha og‘irlik sabab suv ostida qolishi mumkin. Ayni paytda shaharning cho‘kish ko‘rsatkichi yiligi 5 mm ni tashkil etmoqda. Hukumat oshig‘ich ravishda to‘g‘onlar qurish orqali Venetsiyani halokatdan qutqarib qolishga urinmoqda.

Ko‘priklar va gullar shahri Amsterdam (Niderlandiya) ham xavf ostida. Shahardagi o‘rta asrlarga mansub bir qator yodgorliklar allaqachon suv qa’rida qolgan. 10 yil ichida suv shaharning qadimiy qismiga ham kirib boradi.

Tahlillarga qaraganda, Yer aholisi juda notekis taqsimlangan. Sayyora aholisining 50 foizi dengiz va okean sohilidan 200 km masofada yashaydi. Suv sathining ko‘tarilishi ushbu tarixiy taqsimotni butkul o‘zgartirsa ajab emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar