“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:16
ЎЗO‘Z

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 125 million dollar ajratadi

02 mar, 17:00 1 587 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 125 million dollar ajratadi AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish uchun Ukrainaga 125 million dollarlik yangi yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Muassasaning 1 mart kuni tarqatgan xabarida mablag‘ Ukraina xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida ajratilishi va harbiylarni tayyorlash, aslaha sotib olish hamda harbiy maslahatchilarga ko‘mak berishga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan.

«Bu Ukraina harbiy kuchlariga mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, chegaralar xafsizligini ta’minlash va NATO bilan operativ hamohanglikni oshirish imkonini beradi», deyiladi vazirlik press-relizida.

Pentagondagilar bu yordam «Ukrainaning Rossiya agressiyasidan samaraliroq himoyalana olishi uchun mudofaa qurollarini taqdim etish» yo‘lida AQSHning sobitqadamligini isbotlashini aytishmoqda.

Ajratiladigan mablag‘, xususan, Mark IV namunasidagi ikki patrul qayiqlarini xarid qilish hamda Ukrainaga artilleriyaga qarshi radarlar va taktik jangovar qurollar taqdim etishga sarflanadi.

AQSH Kongressi 2021 moliya yilida ajratadigan qolgan 150 million dollar Pentagon va AQSH Davlat departamenti rasmiy Kiyev mudofaa sohasida asosiy yo‘nalishlarda islohotlar yetarlicha o‘sishga erishganiga ishonch hosil qilgachgina taqdim etiladi.

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainani harbiy kuchlar ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish, harbiy sanoat va xaridlarda shaffoflik va hisobdorlikni oshirish uchun, shuningdek, harbiy sektorning boshqa sohalarini ham NATO standartlari va prinsiplariga mos ravishda modernizatsiya qilish yo‘lida islohotlarni davom ettirish chaqirmoqda.

2014 yildan beri AQSH xavfsizlik sohasida Ukrainaga 2 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ ajratgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 170
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 210
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar