“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:06
ЎЗO‘Z

Iroqda aql bovar qilmas mudhish jinoyat avj olmoqda. Asosiy sabablar ma’lum...

01 mar, 14:14 4 442 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iroqda aql bovar qilmas mudhish jinoyat avj olmoqda. Asosiy sabablar ma’lum... Foto:«AP»
Oilaviy an’analar yuksak qadrlangan va bolaparvarligi bilan tilga tushgan Iroqda so‘nggi paytlarda favqulodda holat kuzatilmoqda: ota-onalar tomonidan o‘z farzandini o‘ldirish jinoyati ko‘payib bormoqda. Bu haqda «Al Arabi Al Jadeed» nashri xabar beradi.

Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, birgina 2020 yilda mamlakatning turli shaharlarida 23 nafar voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasi tomonidan o‘ldirilgan. Qurbonlar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib 13 yoshga qadar bo‘lgan o‘smirlar bor. Ayni choqda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ham avj olmoqda.

Mamlakat sudlarida 2019 yil davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 1606 ta jinoiy ish ko‘rilgan. Bu rasmiy raqamlar, asl voqelik bundan-da dahshatliroq ekani taxmin qilinmoqda. Negaki, qishloq joylarda bunday jinoyatlar deyarli rasmiy ro‘yxatlarga olinmaydi. Nikohsiz dunyoga kelgan chaqaloqlarning masjidlar yoniga yashirincha tashlab ketilishi esa alohida tadqiqotga mavzu bo‘la oladi.

Bir necha oy avval Bag‘dod markazida yashovchi ayol ikki farzandini Tigr daryosiga cho‘ktirgani fosh bo‘lgach, jamoatchilik tangu tong holatga tushdi. Ushbu mudhish jinoyat to‘lqini hali tinmay turib 5 yanvar kuni poytaxt sharqida ota 3 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘izlagani haqida xabar tarqaldi. Bir necha kun avval esa ota 6 yoshli qizini balkondan uloqtirgani ma’lum bo‘ldi.

Basra shahri politsiyasi xodimi o‘z pushtikamaridan bo‘lgan qizini o‘lasi qilib kaltaklagani ham jiddiy xavotirlar uyg‘otdi. Karbalodagi fojia ham jamoatchilikni dahshatga soldi: ota 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 4 farzandini tiriklay yoqib yuborgan. Kurdiston muzofotida yashovchi ayol 4 oylik qizini o‘ldirib ko‘chaga tashlab ketgani-da mamlakatda duv-duv gap bo‘ldi.

Iroqlik olima Asmo Abdul Jabborga ko‘ra, avval juda kam kuzatilgan bunday jinoyatlarga avvalo jamiyat a’zolari orasidagi ruhiy beqarorlik doyalik qilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tenglikning avj olishi, ishsizlik hamda qashshoqlikning kuchayishi aql bovar qilmas jinoyatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Psixologiya professori Adnan Mahmud esa bolalarning qatl etish bilan bog‘liq holatlar avj olishiga urushni asosiy aybdor deb biladi.

«So‘nggi o‘nyilliklar davomida Iroq jamiyati muttasil urush holatida yashamoqda. Bu esa aholining asosiy qismini tashkil etuvchi qashshoqlar hayotiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. To‘xtovsiz davom etayotgan urushlar ajrashishlar, o‘z joniga qasd qilishlar, umidsizlik, tushkunlik va qashshoqlikka olib kelmoqda. Bundan tashqari, ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini o‘ldirish yoki ularga kuch ishlatish holatlari avj olmoqda», – deydi professor A.Mahmud.

Qashshoqlik va yo‘qchilik ayrim ota-onalarni ruhiy muvozanatdan chiqarib o‘z pushtikamaridan bo‘lgan zurriyoti joniga qasd qilishga yetaklayotir.

Iroqlik sotsiolog Zaynab Notiq esa koronavirus pandemiyasi ham oilalarda osoyishtalik va ma’naviy muvozanatni izdan chiqarganiga e’tibor qaratadi.

Olima Asmo Abdul Jabborning ta’kidlashicha, bolalar joniga qasd qilish hamda oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish borasida asosiy mas’uliyat hukumat zimmasiga tushadi. Buning uchun bu turdagi barcha jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi, shuningdek, zudlik bilan oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi qonun qabul qilinishi lozim. Eng asosiysi, mamlakatda barqarorlik o‘rnatilib, iqtisodiyotni tiklash va ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy adolatni tiklash choralari ko‘rilmog‘i darkor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar