“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:10
ЎЗO‘Z

Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi

01 mar, 08:30 1 537 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi Foto: «RIA Novosti»
Koronavirus infeksiyasi kelgusi bir-ikki yil davomida mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin. Bu haqda «Rospotrebnadzor» (Rossiya sog‘liqni saqlash sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati) markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik va analitik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«COVID-19’da allaqachon mavsumiy infeksiyaga xos xususiyatlar paydo bo‘lishni boshlagan. Bunga 2020 yilning kuzida kasallanishning sezilarli darajada o‘sgani guvohlik berishi mumkin», — dedi Pshenichnaya.

Uning ta’kidlashicha, mavsumiy respirator infeksiyasining ko‘payishi odatda kuz va bahorda kuzatiladi, shuning uchun yilning ushbu davrida COVID-19 bilan kasallanish soni ham ko‘payishi mumkin.

Shu bilan birga, Pshenichnaya dunyo aholisining aksariyati COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin ham koronavirus infeksiyasining ko‘payishi bir necha yil davomida yuz berishi mumkinligini ta’kidladi.

«Mazkur infeksiyaning epidemik tarqalishi to‘xtaydi, ammo kasallikning qayta yuzaga kelishi va ko‘payishi bir necha yil davom etishi mumkin», — dedi epidemiolog.

Shuningdek, JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham COVID-19 virusi Yer sayyorasida abadiy qolishi mumkinligi, yuqori samarali vaksinaning borligi esa uni butunlay yo‘q qilish uchun kafolat bermasligini ta’kidlagan. COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanadi, deb aytish uchun asoslar bormi, degan savolga javoban u bunday variant bo‘lishi mumkinligini, ammo uzil-kesil javob berish uchun bir nechta mavsum davomida kuzatuv olib borish kerakligini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Iordaniya moxovni yenggan birinchi davlat deb tan olindi 20 sen, 19:39 19
  • Novosibirskda o‘zbekistonlik migrant o‘z hamyurtini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashladi 20 sen, 19:12 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar