“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:05
ЎЗO‘Z

Chexiya prezidenti Putindan «Sputnik V» so‘radi

01 mar, 08:00 1 460 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chexiya prezidenti Putindan «Sputnik V» so‘radi Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putindan «Sputnik V» vaksinalari yetkazib berilishi bo‘yicha ko‘mak so‘radi. «Men janob prezident Vladimir Putinga «Sputnik V» vaksinalari yetkazib berilishida yordam ko‘rsatishini so‘rab maktub yozdim. Pragadagi RF elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida ushbu vaksinalar partiyasi yetib keladi», degan Zeman CNN’ning Pragadagi telekanali Prima News uchun bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu tashabbusni Chexiya bosh vaziri Andrey Babish bilan muhokama qilgan. Bosh vazir bundan oldinroq Yevropa Dori-darmon agentligi (EMA) rossiyaliklar vaksinasini ma’qullamaguncha Chexiya hukumati uni qo‘llamasligini aytgandi. Ayni vaqtgacha agentlik bu vaksinani foydalanish uchun tasdiqlamagandi.

CNN Prima News uchun bergan intervsida Babish Chexiya hukumati endi EMA sanksiyasini kutmasligini aytgan. Shu bilan birga, Chexiya dori-darmonlar agentligi «hujjatlashtirish ishlarini o‘rganib chiqishi kerakligi»ni ta’kidlagan. «Agar ular uni ma’qullamasa, sog‘liqni saqlash vazirligi istisno qilishi mumkin... kim istasa, emlanadi», deya Babishning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.

Chexiya bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Vengriyadan o‘rnak olishi mumkin, ushbu davlat rahbari Viktor Orban xitoyliklarning Sinopharm vaksinasi bilan emlangandi, bu vaksina ham Yevroittifoq miqyosida foydalanish uchun tasdiqdan o‘tmagan.

2020 yil dekabrida Chexiyada BioNTech, Moderna va AstraZeneca kompaniyalari vaksinalari bilan emlash ishlari boshlangandi. Birinchi bosqichda 10,6 milliondan ortiq aholiga ega mamlakatning taxminan 650 ming fuqarosi emlangan.

Chexiyada 1 martdan yangi cheklov choralari amalda bo‘ladi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich maktablar ham masofaviy o‘qishga o‘tadi. Avvalroq o‘rta sinflar va yuqori sinf o‘quvchilari uchun ham maktablar yopilgandi.

Politsiya ko‘chalarda navbatchilik qilib, odamlar to‘planishining oldini oladi va sababsiz hududlar orasida harakatlanish taqiqlanganidan ogohlantiradi.

Chexiya - dunyoda koronavirusdan eng jiddiy jabr ko‘rgan davlatlardan biri sanaladi, bu yerda 1,2 mln kishi virusga chalingan, 20 mingdan ortiq bemor vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar