“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:53
ЎЗO‘Z

Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi

27 fev, 22:11 2 250 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi Foto: Anadolu Agency
Qurollangan jangarilari Nigeriyaning Zamfara shtatida maktabga hujum uyushtirib 317 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Associated Press shtat ma’muriyatining rasmiy vakili Muhammad Shexuga tayanib, xabar bergan.

26 fevral kuni tungi soat 01:45 da jinoyatchilar 20 ta motosiklda Jangebe shahridagi davlat maktabiga kelgan. Ular qizlar yotoqxonasiga bostirib kirib, maktab hududida taxminan uch soat bo‘lgan va qizlarni o‘rmonga olib ketgan, deb yozmoqda CNN. Hujum vaqtida bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

Muso Mustafo ismli mahalliy aholi vakili jinoyatchilarning maktab yaqinidagi harbiy lager va nazorat-o‘tkazish punktiga ham hujum uyshtirganini aytgan. Qayd etilishicha, qo‘poruvchilar harbiylarning o‘z hujumiga xalaqit qilishini istamagan.

Maktab-internatda taxminan 500 nafar o‘quvchi qiz yashagan va o‘qigan. Ularning ayrimlari jangarilar qo‘lidan qochib qutilgan va yotoqxonaga qaytgan, deyiladi CNN manbasi bergan axborotda.

Zamfara shtatida odamlarni o‘g‘irlaydigan va tovon puli evaziga yaqinlariga topshiradigan yoki qamoqdagi sheriklarining ozodlikka chiqarish evaziga ularni qo‘yib yuboradigan bir nechta jangari guruhlar faoliyat olib boradi.

So‘nggi yillarda Nigeriyada odam o‘g‘irlash va fuqarolarga hujum qilishga qaratilgan harakatlar juda ko‘p amalga oshirilgan. 2014 yil aprel oyida «Boko Xaram» jangarilari guruhi Borno shtatida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. Qizlarning 100 nafardan ortig‘i hanuzgacha topilmagan. 2020 yil dekabr oyida 344 nafar o‘quvchi Katsina shtatidagi maktabdan 344 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

2018 yilda Nigeriyada «Boko haram» jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgan. 2020 yil iyun oyida Nigeriya shimoli-sharqiga uyushtirilgan hujum oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar