“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 07:51
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistonida ayollar huquqlarini himoya qiluvchi faol qamoqdan ozod qilindi

13 fev, 12:56 1 655 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistonida ayollar huquqlarini himoya qiluvchi faol qamoqdan ozod qilindi Foto: The Guardian
Ayollar huquqlari faoli Lujayn al-Hatlul Saudiya Arabistonidagi qamoqdan ozod qilindi, deya xabar bermoqda BBC.

Inson huquqlari himoyachisi 10 fevral kuni ozod qilindi. Nashrning ta’kidlashicha, al-Hatlulga ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish va Saudiya Arabistonidan chiqib ketish taqiqlangan. Al-Hatlul oilasining bildirishicha, faol unga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi chiqmoqchi.

«Biz haqiqiy adolatni qo‘lga kiritmoqchimiz. Lujayn to‘liq, so‘zsiz ozod bo‘lishi uchun», – deydi singlisi Lina.

Bundan tashqari, al-Hatlul uni qamoqxonada qiynoqqa solganlarni, xususan, valiahd shahzoda Saud al-Qahtoniyning sobiq maslahatchisini sudga bermoqchi.

Faol 2020 yil oxirida «qirollikni beqarorlashtirishga urinish» ayblovi bilan besh yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bungacha al-Hatlul faol ravishda ayollarga mashina haydashga ruxsat berilishini targ‘ib qilgan. U 2018 yil may oyida, Saudiya Arabistonidagi ayollarga transport vositasini boshqarish huquqi berilishidan bir necha oy oldin hibsga olingan.

Ayollar avtomobil boshqarishi uchun ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganiga qaramay, na al-Hatlul va na boshqa faollar ozod qilingan. Ular bir necha bor qamoqxonada qiynoqqa solingani haqida xabar berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 59
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 43
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Bo‘limlar