“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:52
ЎЗO‘Z

Amerikalik kongressmen vaksina olganidan keyin koronavirusga chalindi

31 yanv, 15:23 1 819 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik kongressmen vaksina olganidan keyin koronavirusga chalindi Foto: National Herald
AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Stiven Linch (Massachusets shtatidan demokrat), belgilanganidek, vaksinaning ikkita dozasini olib bo‘lganidan keyin koronavirusga chalindi. Bu haqda kongressmenning matbuot kotibi ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Hozircha janob Linchda simptomlar yo‘q, u o‘zini yaxshi his qilyapti», — dedi u. Demokrat karantinga ketadi va ishini uydan davom ettiradi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, kongressmen Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani u AQSH prezidenti Jo Baydenning 20 yanvardagi inauguratsiyasidan oldin qabul qilgan. O‘sha paytda Linch koronavirusga test ham topshirgan, u manfiy natija bergan.

AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi saytida aytilishicha, virusga nisbatan immunitet ishlab chiqarilishi uchun odam organizmiga vaqt kerak, shuning uchun bevosita emlanishdan oldin yoki keyin COVID-19’ga chalinib qolish mumkin. AQSHda ma’qullangan birorta ham vaksina o‘z-o‘zicha kasallikni keltirib chiqara olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Kaliforniya shtati Pleser okrugida koronavirusga qarshi emlangan fuqaro vafot etgani yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv boshladi. Vafot etgan shaxs koronavirus bilan 2020 yil dekabr oyi oxirida kasallangan. Keyinchalik, 21 yanvar kuni u COVID-19’ga qarshi emlangan va oradan bir necha soat o‘tib vafot etgan.

Jons Hopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 26 million kishidan oshgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 1
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar