“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirusning «irqchi» ekanini aniqlashdi

26 yanv, 11:30 3 561 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirusning «irqchi» ekanini aniqlashdi Foto:«Los Angeles Times»
COVID-19 xastaligi oqibatida kuzatilayotgan o‘lim ko‘rsatkichi turli irq vakillarida farqlanmoqda. Buyuk Britaniya olimlarining xulosasiga ko‘ra, osiyoliklar hamda qora tanli aholi vakillari koronavirusdan ko‘proq o‘lim topmoqda.

Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti hamda Barts Health NHS Trust jamg‘armasi Britaniya poytaxtidagi o‘lim holatlarini tadqiq etdi. Turli yoshdagi bir necha ming chog‘li kovid bemorlariga doir tibbiy qaydlar jiddiy o‘rganib chiqildi.

Izlanishlar yakunida osiyolik bemorlar orasida o‘lim holati 1,49 baravar, qora tanlilarda esa 1,3 baravar ko‘proq uchrayotgani aniqlandi. Bundan tashqari, oq tanlilar boshqa irq vakillariga qaraganda kovidni nisbatan yengilroq o‘tkazishi ham qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, osiyoliklar (1,54 baravar) hamda qora tanlilar (1,8 baravar) ko‘proq sun’iy nafas uskunasiga ulangan.

Barts Health NHS Trust vakili, doktor Yize Van shifoxonalarda davolangan negroid va osiyo irqi vakillari yevropeoidlarga nisbatan yoshroq bo‘lganiga ham e’tibor qaratgan.

Virusologlar ushbu «notenglik»ni inson immun tizimida genlarning xususiyati bilan izohlamoqdalar. Qolaversa, Buyuk Britaniya poytaxtida yashovchi qora tanli hamda osiyoliklarning ijtimoiy-moliyaviy holati, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati oq tanlilarga qaraganda ancha past ekanini ham unutmaslik lozim.

Qayd etish o‘rinliki, koronavirus pandemiyasi davrida Buyuk Britaniyada yashovchi osiyoliklar hamda qora tanlilar mahalliy aholiga qaraganda ko‘proq ish joylarini yo‘qotgan edi. Anglii va Uels kasaba uyushmalariga ko‘ra, bu borada «oqlar» va «qoralar» tafovuti 26 baravarni tashkil etadi.

London universiteti hamda Barts Health NHS Trust jamg‘armasi o‘tkazgan tadqiqotdan so‘ng mamlakat hukumati oz sonli millatlar, osiyoliklar hamda qoratanlilarga tibbiy xizmatlardan foydalanish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar berishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 100 million 286 ming kishini tashkil etmoqda. Virus tufayli o‘lim holati esa 2 million 150 mingga yaqinlashib qoldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 77
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar