“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi

23 yanv, 23:51 2 122 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi Foto: Reuters
Amerikalik senatorlar fevralda AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning impichmentiga oid masalani ko‘rib chiqishga kirishadi. Bu haqda Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumerga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«Vakillar palatasi menejerlari ham, himoyada ham oldingi sud jarayonlaridagi kabi o‘zlarining yuridik qaydlarini tuzib olishga vaqt bo‘ladi… Qisqa hisobotlar tayyor bo‘lgach, tomonlar 8 fevraldan boshlab chiqish qiladi», — deydi Shumer.

Trampga qarshi ayblovlar keltirilgan moddalar Vakillar palatasi tomonidan Senatga 25 yanvar kuni topshiriladi. Shumerning Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell bilan kelishuviga ko‘ra, ular 25 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da o‘qib eshittiriladi. Senatorlar 26 yanvar kuni qasamyod qabul qiladi, Trampga esa chaqiriq qog‘ozi yuboriladi.

Qonunga ko‘ra, AQSH senati impichment borasidagi ishni yakshanbadan tashqari har kuni, boshqa masalalarga chalg‘imagan holda ko‘rib chiqishi kerak. Shunday qilib, impichment jarayonining zudlik bilan boshlanishi prezident Jo Bayden tomonidan hukumat lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarning senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini kechiktiradi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Vakillar palatasi 13 yanvar kuni Trampga impichment e’lon qilgandi. Uni hokimiyatdan chetlatish to‘g‘risidagi rezolyutsiya kongressmenlarning 232 nafari, shu jumladan 10 nafar respublikachi ham ovoz bergan. Yana 197 kishi Trampning chetlatilishiga qarshi chiqdi.

Bu AQSH tarixida birinchi marta prezidentga ikki marta impichment e’lon qilinishi. Vakillar Palatasi Trampga 2019 yil dekabrida impichment e’lon qilgandi. Ammo unga qarshi ayblovlarni Senatda ko‘rib chiqishning navbatdagi bosqichida u oqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 110
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 237
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar