“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:48
ЎЗO‘Z

Kanadalik erkak ijaraga olingan Lamborghini Urus’ni qaytarmaslikka qaror qildi

19 yanv, 16:53 2 741 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kanadalik erkak ijaraga olingan Lamborghini Urus’ni qaytarmaslikka qaror qildi Foto: The Drive
Ontario shtati politsiyasi GTA Exotics avtosaloniga tegishli bo‘lgan qora Lamborghini Urus’ni qidiruvga berdi. Mijoz 10 ming dollar garov evaziga krossoverni ijaraga olgan, biroq mashinani qaytarmagan, deb yozadi Motor. O‘g‘ri kuzatish datchigini o‘chirib qo‘yganidan so‘ng, avtosalon egalari huquq-tartibot idorasiga murojaat qilgan.

Mashina o‘g‘risi noodatiy Lamborghini Urus’ni tanlagan: krossover Widebody «obvesi» va qizil saloni bilan ajralib turadi. Mashina 650 ot kuchiga ega (850 Nm) to‘rt litrli V8 «tvin-turbo» dvigateli yordami harakatga keladi. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobilning soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 3,6 soniya yetadi, maksimal tezligi — 305 km/soat.

Foto: The Drive
GTA Exotics’da bu kabi Urus’ning ijarasi 200 dollarli sug‘urta bilan sutkasiga 1500—1600 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mijoz unda kuniga 160 kilometrdan ortiq harakatlanmasligi kerak. Lamborghini Urus narxi 200 ming dollardan boshlanadi, biroq noodatiy jihozlanishga ega mazkur model ancha qimmatroq turadi.

Foto: The Drive

Foto: The Drive
Kanadalik Urus’ni avtosalondan dekabr oyida olib ketgan, biroq avtomobil yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga 11 yanvarda xabar berilgan. GTA Exotics avtoparkidan o‘g‘irlab ketilgan Lamborghini’dan tashqari boshqa ko‘plab qimmat avtomobillar ham mavjud: Porsche, Ferrari va McLaren sportkarlari, shuningdek, hashamatli Rolls-Royce, jumladan 1963 yilgi Silver Cloud III.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar