“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:25
ЎЗO‘Z

Qurollangan amerikaliklar to‘rtta shtatdagi parlament binolari qarshisida to‘plandi (video)

18 yanv, 10:34 2 372 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qurollangan amerikaliklar to‘rtta shtatdagi parlament binolari qarshisida to‘plandi (video) Foto: The New York Times
Qurollangan norozilik namoyishi ishtirokchilari Ogayo, Texas, Oregon va Michigan shtatlaridagi Kapitoliy binosi qarshisida to‘plandi, deb xabar beradi The New York Times. Michigan shtatidagi bino oldida o‘nlab qurollangan fuqarolar yig‘ilgan.

16 yanvar kuni Vashington politsiyasi AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishga uringan qurollangan erkakni qo‘lga olgan edi. Qo‘lga olingan shaxs Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi Uesli Alan Biler bo‘lib chiqqan. U avtomobilida Kapitoliy oldidagi nazorat-o‘tkazish punktiga kelgan, biroq uning hududga kirish ruxsatnomasi haqiqiy bo‘lib chiqmagan. Politsiyachilar uning pistoleti va 500 dan ortiq patronlarini olib qo‘ygan. Natijada erkak ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlagani uchun hibsga olingan.

Venimos en paz y bien armados ??
Armados hasta los dientes y dicen: Si continúas oprimiendo al pueblo estadounidense, dejará de ser racional". #Lansing #Michigan #Capitol pic.twitter.com/I9hDbvzp46

— José Díaz ??México esta de luto (@JJDiazMachuca) January 17, 2021

AQSHning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi oldidan Vashingtonda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Mamlakat Milliy gvardiyasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Baydenning inauguratsiya vaqtida Vashingtonga 25 mingga yaqin Milliy gvardiya harbiylari jalb etiladi.

Avvalroq AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) Amerikaning barcha shtatlari markazlari va Vashingtonda 16—20 yanvar kunlari qurolli noroziliklar rejalashtirilayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari 6 yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirgan edi — bu vaqtda Kongressning har ikkala palatasi noyabrda o‘tgan prezident saylovi yakunlarini (unda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongan) tasdiqlayotgan edi. Tartibsizliklar davomida besh kishi, jumladan, Kapitoliy politsiyasining bir xodimi halok bo‘lgan. Tramp bu tartibsizliklarni, ular o‘z tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qoralab, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan edi.

Huquq-tartibot organlarining shturm vaqtidagi xatti-harakatlari jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi, xususan, Kongress quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi ham ularni keskin tanqid qildi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar yuz berishidan bir necha kun avval Kapitoliy politsiyasiga ko‘mak sifatida Milliy gvardiya jangchilari va FQB agentlarini ajratish taklif qilingan, biroq politsiya bu imkoniyatdan foydalanmagan. Tartibsizliklardan so‘ng Kapitoliy politsiyasi rahbari iste’fo berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar